Oʻzbekistonda qaysi kasb egalari eng koʻp ish haqi olmoqda?


Statistika agentligi respublikadagi sohalar kesimida oʻrtacha ish haqi miqdorlarini maʼlum qildi.
2024-yilda Oʻzbekistonda oʻrtacha oylik ish haqi miqdori 5 million 357 ming soʻmni tashkil etgan. Ayrim sohalarga mazkur koʻrsatkichdan ancha yuqori oylik toʻlangan.
Jumladan, kompyuter dasturlashtirish, maslahat berish va boshqa yordamchi xizmatlar sohasi vakillari respublika miqdyosida eng yuqori darajadagi oʻrtacha ish haqi — 18,3 million soʻm olgan. Shu bilan birga, quyidagi tarmoqlarda oʻrtacha oyliklar eng koʻp miqdorlar toʻlangan:
- Qayta sugʻurtalash va nafaqa jamgʻarmalari — 17,8 million soʻm;
- Axborot xizmati koʻrsatish — 16,9 million soʻm;
- Moliyaviy xizmatlar koʻrsatish va sugʻurtalash boʻyicha yordamchi — 16,8 million soʻm;
- Aloqa sohasi —10,9 million soʻm;
- Ombor xoʻjaligi va yordamchi transport faoliyati — 9,6 million soʻm;
- Togʻ-kon sanoati va ochiq konlarni ishlash — 9,1 million soʻm;
- Oliy taʼlim — 8,5 million soʻm;
- Avtomobil va mototsikllarning ulgurji va chakana savdosi hamda ularni taʼmirlash—7,8 million soʻm.
Eng kam oʻrtacha oylik ish haqi maktab, maktabgacha hamda texnik va professional taʼlim sohalarida (3,6 million soʻm) toʻlanganyu Shu bilan birga, sogʻliqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar koʻrsatish (3,4 million) sohasi vakillari eng kam oʻrtacha ish haqi olgan. Bu miqdorlar umumiy oʻrtacha oylik ish haqidan sezilarli kam.
Qayd etilishicha, 2024-yilda hududlar boʻyicha oʻrtacha oylik ish haqining eng yuqori koʻrsatkichi Toshkent shahri kuzatilgan — 9,1 mln soʻm. Keyingi oʻrinlarda Navoiy (6,7 mln soʻm), Toshkent (5,1 mln soʻm), Andijon (4,6 mln soʻm) hamda Buxoro (4, 3 mln soʻm) viloyatlari qayd etilgan.