“Tonggi shou”ning to‘rtinchi mavsumi tizeri chiqdi


Apple TV+ “Tonggi shou” dramasining to‘rtinchi mavsumi uchun tizer-treyler taqdim etdi. Jennifer Eniston va Riz Uizerspun bosh rollarni ijro etgan serial 17-sentyabrda ekranlarga qaytadi.
Yangi qismlarda Marion Kotiyar, Jeremi Ayrons, Aaron Per, Boyd Holbruk va boshqalar ham rol ijro etishgan.
TelecomTV xizmatiga 7 kunlik bepul kirish imkoniyatiga ega bo‘ling.
Quyidagi tugmani bosing va hoziroq boshlang!

Mavsum syujeti soxta videolar, fitna nazariyalari va korporativ sirlarning ommaviyligi tobora ortib borayotgan dunyoda rivojlanadi.
Shou-ranner lavozimini Sharlotta Staut (“Vatan” seriali) egalladi. “Tonggi shou” 2019-yilda strimingda debyut qilgan va to‘rtta “Emmi” mukofotiga sazovor bo‘lgan.