17.10.2025
Nilufar Usmonova tarixiy uslubda klip suratga olmoqda


Muallif
Shohzamon Shuhratov
Mashhur xonanda Nilufar Usmonova o‘z ijodiy faoliyatida yangi uslubni namoyish etdi.
U Instagram sahifasida nafaqat me’morchiligi, balki chuqur ma’naviy ahamiyati bilan ham e’tiborga loyiq bo‘lgan tarixiy binoda suratga olish ishlari olib borilayotganini ma’lum qildi.
“Qadimdan boshlangan buyuklik — bugungi kunda zamonaviy asarga aylandi. Bu oddiygina bino emas — bu meros, bu tarix. Yangi hamkorlik. Tarixiy g‘oya. Suratga olish jarayonidan lavha — to‘liq video tez orada!” — deya yozdi xonanda.
Hozircha qaysi loyiha haqida gap ketayotgani noma’lum, biroq konsepsiyaning o‘zi xonandaning nafaqat musiqaga, balki me’morchilikka ham e’tibor qaratayotganini ko‘rsatmoqda.