верхний на лендинг кино
РУ
O’Z
UZS
/
/
“Qog‘oz uy” — ilk daqiqalaridanoq o‘ziga rom qiluvchi serial. Ispan xitining 1-mavsumini nima uchun tomosha qilish kerak
11.06.2025

“Qog‘oz uy” — ilk daqiqalaridanoq o‘ziga rom qiluvchi serial. Ispan xitining 1-mavsumini nima uchun tomosha qilish kerak

“Qog‘oz uy” — ilk daqiqalaridanoq o‘ziga rom qiluvchi serial. Ispan xitining 1-mavsumini nima uchun tomosha qilish kerak

Bugungi kunda tomoshabinlar yuzlab yangi seriallar orasida adashib qolgan bir paytda, chinakam hayajonli loyiha topish katta omad hisoblanadi. “Qog‘oz uy” (La Casa de Papel) — aynan shunday serial. Asr talonchiligi haqida hikoya qiluvchi ushbu ispan trilleri o‘zining 1-mavsumi bilan nafaqat tomoshabinlarni qiziqtiradi, balki ekran oldida mixlanib qolib tomosha qilishga majbur qiladi. Keling, nega millionlab tomoshabinlar bu serialni yaxshi ko‘rib qolganini va aynan kimlarga u manzur bo‘lishi mumkinligini tushunib olamiz.

image

Kino va seriallarni 7 kun bepul tomosha qiling

icon

“Qog‘oz uy” 1-mavsum syujeti: ideal reja darz ketganda

“Qog‘oz uy”ning birinchi mavsumi 2017-yilda chiqdi va darhol nafaqat Ispaniyada, balki undan ancha uzoqlarda ham ayniqsa, serialni Netflix platformasi xarid qilgach e’tiborni tortdi.

Hikoya Ispaniya Qirollik zarbxonasini oldindan puxta rejalashtirilgan talonchilik atrofida aylanadi. Sirli va daholigi bilan ajralib turuvchi jinoyatchi — Professor (aktyor Alvaro Morte a’lo darajada ijro etgan) — turli ko‘nikmalarga ega bo‘lgan 8 jinoyatchidan iborat guruh tuzadi. Ularning har biri shaharlardan ilhomlangan soxta nomlar bilan tanilgan. Odatdagi tezda bosib kirib, qochish rejasidan farqli o‘laroq, Professor ancha jasur reja: garovdagilarni olib, o‘zlarini binoga qamab, 11 kun ichida 2,4 milliard yevro bosib chiqarish rejasini tuzadi.

TelecomTV xizmatiga 7 kunlik bepul kirish imkoniyatiga ega bo‘ling.
Quyidagi tugmani bosing va hoziroq boshlang!

Guruh a’zolari oddiy ijrochilar emas — ularning har biri o‘ziga xos shaxs, o‘z hikoyasi, zaif nuqtalari va ichki kurashlari bor. Professorning rejasi eng kichik detallarigacha o‘ylab chiqilgan: har bir qadam hisoblangan, har bir xavf baholangan. Ammo qamal uzoqlashgan sayin nazoratni saqlab qolish tobora mushkul bo‘ladi. G‘alvir ichida guruh a’zolari o‘rtasida ziddiyat kuchayadi, garovdagilar o‘zlari bilgancha harakat qilishadi, tashqarida esa tajribali muzokarachilar boshchiligidagi politsiya sirli Professor shaxsini fosh etish va garovdagilarni qutqarish uchun harakat qiladi.

“Qog‘oz uy” 1-mavsum asosiy qahramonlari

Professor (Alvaro Morte)

Сериал "Бумажный дом". | Пикабу

Operatsiyaning bosh miyasi. Har qanday holatni oldindan ko‘ra oluvchi, strateg va taktik. U o‘z jamoasi har bir a’zosi uchun yurakdan qayg‘uradi. Professorning barcha harakatlari shaxsiy fojia va adolatga ishonchi tufayli amalga oshiradi.

Tokio (Ursula Korbero)

Джони Айв в X: „За пару дней посмотрел весь Бумажный дом и ответственно  заявляю, что Токио — самый тупой, безответственный, ненужный, взбаумашный и  всё портящий персонаж в истории. С первой серии не

Hissiyotlarga beriluvchan, jasur va xavfni sevuvchi qiz. Uning impulsiv harakatlari ba’zida guruhni xavf ostiga qo‘yadi. Serialning asosiy voqealari ko‘pincha aynan uning nigohi orqali ko‘rsatiladi. U eng xarizmatik va murakkab obrazlardan biri.

Berlin (Pedro Alonso)

После финала «Бумажного дома» снимут сериал о Берлине – уже известно, когда  он выйдет

Bino ichidagi rahbar. Professorning akasi va operatsiyani bevosita boshqaruvchi shaxs. Uning qattiqqo‘l uslublari ba’zida qo‘rquv va norozilik uyg‘otadi, lekin u baribir eng yorqin qahramonlardan biri bo‘lib qoladi.

Rio (Migel Erran)

Рио — Бумажный дом. Описание, биография и фото

Yosh xaker va guruhning texnikasi. Uning Tokio bilan bo‘lgan muhabbati jamoada hissiy tanglik tug‘diradi va rejaning amalga oshishiga to‘sqinlik qiladi.

TelecomTV xizmatiga 7 kunlik bepul kirish imkoniyatiga ega bo‘ling.
Quyidagi tugmani bosing va hoziroq boshlang!

Nayrobi (Alba Flores)

18 фактов о сериале «Бумажный дом», который мог закрыться после первого  сезона, а теперь от него в восторге даже Стивен Кинг / AdMe

Pul bosib chiqarish bo‘yicha haqiqiy motor. U quvnoq, o‘ziga ishongan va eng og‘ir vaziyatlarda ham ruhni ko‘tarishni biladigan ayol.

Denver (Hayme Lorente)

Показываем, как выглядят актеры «Бумажного дома» в реальной жизни

Bosqinchilardan biri bo‘lgan Moskvaning o‘g‘li. Sodda, lekin bag‘rikeng yigit. U Zarbxonada kutilmagan muhabbat topadi.

Moskva (Pako Tous)

Бумажный дом 1 сезон 6 серия смотреть онлайн бесплатно!

Denverning otasi va tunnel qazish bo‘yicha mutaxassis. Mehrli, insonparvar qahramon va jamoaning ma’naviy tayanchi.

Helsinki va Oslo (Darko Perich va Roberto Garsia)

Бумажный дом (La casa de papel) - «Сериал- "Бумажный дом". Войдёт ли этот  сериал в топ сериалов всего мира? Давайте узнаем!!!» | отзывы

Serbiyalik yollanma jangchilar, kuch bilan bog‘liq vazifalar uchun javobgar. Ularning jiddiy tashqi ko‘rinishiga qaramay, Helsinki chuqur his-tuyg‘ularga ega inson sifatida namoyon bo‘ladi.

Nega “Qog‘oz uy”ni tomosha qilish kerak?

1. Serial boshidan oxirigacha taranglikda ushlab turadi

Yaratuvchilar syujetni ustalik bilan qurishgan — har bir epizod hayajonli lahzada tugaydi. Bir seriyadan so‘ng to‘xtashning iloji yo‘q.

2.  Xarizmatik qahramonlar

Hatto yovuz qahramonlar ham bu yerda ko‘p qatlamli va insoniy xususiyatga ega. Har birining o‘z motivatsiyasi, zaifliklari va tavba qilish daqiqalari bor.

3. G‘aroyib talonchilik janriga yangi qarash

Klassik “buzib kirish va qochish” o‘rniga biz uzoq davom etuvchi qamalni, politsiya bilan psixologik urushni va jamoa ichidagi ichki dramatik ziddiyatlarni kuzatamiz.

4. Ijtimoiy kontekst

Serial muhim savollarni ko‘taradi: bu yerda aslida kim yovuz — jinoyatchilarmi yoki tizimmi? Nega jamiyat adolatsiz tartibga qarshi chiqqanlarga darhol hamdardlik bildiradi?

5. Uslub va musiqa

G‘aroyib vizual estetika: qizil kombinezonlar va mashhur Dalining niqoblari, shuningdek, qarshilik ramziga aylangan Bella Ciao qo‘shig‘i — bularning barchasi uzoq vaqt yodingizda qoladi.

TelecomTV xizmatiga 7 kunlik bepul kirish imkoniyatiga ega bo‘ling.
Quyidagi tugmani bosing va hoziroq boshlang!

“Qog‘oz uy” – tomoshabinlar fikri

“Dastlabki 2 seriyani qiziqib ko‘rdim. Keyin esa to‘xtay olmadim — 2 kunda marafon qilib tugatdim!”

“Nihoyat, kinolarda talonchilik faqat 2 soatlik filmda emas, balki haqiqiy psixologik drama formatida berilgan serial.”

“Menga qora-oq ajratilgan qahramonlar emas, hayotiy va qarama-qarshi obrazlar yoqadi. Bu serialda ularning barchasi bor.”

“Agar sizga ‘Oushenning 11 do‘sti’ yoki ‘Katta o‘lja’ kabi filmlar yoqsa-yu, lekin chuqurroq biror narsa izlayotgan bo‘lsangiz – bu aynan siz uchun.”

“Ko‘pdan beri tomosha paytida bunaqa hayajonni his qilmagandim. Natijani bilsam ham, baribir qahramonlar uchun xavotirda bo‘ldim.”

Фонд «Гала-Дали» хочет разоблачить создателей сериала «Бумажный дом».  Испания по-русски - все о жизни в Испании

Kimlarga yoqadi:

  • Intellektual trillerlarni yoqtiruvchilarga
  • Xarizmatik qahramonlar bilan seriallar muxlislariga
  • Psixologik drama va kutilmagan burilishlarni qadrlovchilarga
  • Gollivud filmlaridan charchagan va noodatiy Yevropa loyihasini ko‘rmoqchi bo‘lganlarga

TelecomTV xizmatiga 7 kunlik bepul kirish imkoniyatiga ega bo‘ling.
Quyidagi tugmani bosing va hoziroq boshlang!

“Qog‘oz uy”ning 1-mavsumi — bu shunchaki jinoyat haqidagi hikoya emas. Bu aql o‘yini, xarakterlar to‘qnashuvi va emotsional drama bo‘lib, barchasi uslubli vizual yechimda taqdim etilgan. Agar siz o‘zingizni “og‘ir talonchilik janri” sizga mos emas deb hisoblasangiz ham — bu serial fikringizni o‘zgartirishi mumkin.

Birinchi seriyani tomosha qilib ko‘ring va Professor hamda uning jamoasi bilan unutilmas kechalarni boshlashga tayyor turing!

Bu qiziq

нижний на лендинг кино
Buyurtma qoldiring

Bizning menejerlarimiz yaqin orada siz bilan bog‘lanadi.

Rahmat, arizangiz qabul qilindi.