13.11.2024
                                            
                    
                Nolanning yangi filmida Lupita Niongo suratga tushadi
 
                 
                            
                                                                Muallif
                        
                                                                                    Shohzamon Shuhratov
                                                                        Rasman maʼlum qilindi: Lupita Niongo 2026-yil yozida ekranlarga chiqishi kutilayotgan Kristofer Nolanning yangi filmida rol ijro etadi.
Mett Deymon, Tom Xolland, Zendaya va Enn Xeteuey filmda ishtirok etishlarini allaqachon tasdiqlaganlar. Variety nashrining xabar berishicha, suratga olish ishlari yaqin orada, 2025-yil boshida boshlanadi.
Filmdagi voqealar rivoji va janr hozircha sir tutilmoqda.
Kristofer Nolan Universal Pictures tomonidan ishlab chiqariladigan loyihaning ssenariysi muallifi va rejissyori hisoblanadi.
 
             
         
         
         
     
         
         
         
         
         
         
         
         
         
         
        