Yandex Go Toshkentda samokat ijarasini yoʻlga qoʻydi
Sayohat narxi bir daqiqasi uchun 890 soʻmdan boshlanadi. Odamlar koʻp toʻplanadigan joylarda samokatlar avtomatik tarzda tezlikni pasaytiradi va ilova xavfsizlik qoidalarini eslatadi. Bunday hududlar shahar bilan hamkorlikda belgilanadi va ilova xaritasida koʻrsatiladi.
Toshkentda Yandex Go ilovasi orqali elektrosamokatlarni ijaraga olishi imkoniyati paydo boʻldi.
Odamlar koʻp toʻplanadigan joylarda samokatlar avtomatik tarzda tezlikni pasaytiradi va ilova xavfsizlik qoidalarini eslatadi. Bunday hududlar shahar bilan hamkorlikda belgilanadi va ilova xaritasida koʻrsatiladi.
Samokatni band qilgandan keyin foydalanuvchilar unga yetib borishi uchun 10 daqiqa bepul vaqt beriladi. Sayohat narxi bir daqiqasi uchun 890 soʻmdan boshlanadi. Safar narxlari:
- 30 daqiqa — 20 990 soʻm;
- 50 daqiqa — 32 990 soʻm;
- 100 daqiqa — 61 990 soʻm.
Foydalanuvchilar sayohat oldidan samokatlardan xavfsiz foydalanish boʻyicha koʻrsatmalar oladi. Haydash taqiqlangan hududlarda samokatlar asta-sekin tezlikni pasaytirib, toʻxtaydi.
“Elektroskuterlar qisqa sayohatlar uchun juda qulay, ular tirbandliklarda qolmaslikka va vaqtni tejashga yordam beradi. Xavfsiz haydash uchun ehtiyot choralariga rioya qilish muhim. Shuning uchun biz yoʻllar va trotuarlarda toʻgʻri harakat qilishga, shuningdek, boshqa yoʻlovchilarga ham hurmat koʻrsatishga katta eʼtibor qaratamiz”, — deydi MDH mamlakatlaridagi Yandex Go Samokatlar xizmati rahbari Temirlan Toguzbayev.
Qayd etilishicha, bir akkauntdan bir vaqtning oʻzida uchtagacha samokatni band qilish mumkin, bu doʻstlar yoki qarindoshlar uchun samokatlar band qilishda qulay boʻladi. Bir paytda bir nechta samokat olishni ikki yoʻl bilan amalga oshirish mumkin: ilovadagi “Yana bitta” tugmasi orqali yoki samokat korpusidagi QR-kodni skanerlash orqali.
Taʼkidlanishicha, elektrosamokatdan foydalanish xavfsiz va qulay boʻlishi uchun unda bitta odam harakatlanishi kerak. Samokatlarni 18 yoshdan boshlab ijaraga olish va ulardan foydalanish mumkin. Yandex Go samokatida sayohat qilayotgan foydalanuvchilarning hayoti va sogʻligi sugʻurtalangan.
Sayohat uchun toʻlov avtomatik ravishda ilovaga bogʻlangan karta orqali amalga oshiriladi. Samokatlarni ijaraga olish xizmatidan foydalanish uchun Yandex Go ilovasini soʻnggi versiyaga yangilash kifoya.