O‘zbekistondagi bir haftalik ob-havo haqida ma’lum qilamiz va har bir kun uchun 7 ta timsolni ko‘rsatamiz. Sovuq tunlar va bulutlar orasidagi quyosh
Ish haftasi bir dunyo har kunlik ishlar, bir piyola choy, maktabdagi yig‘ilish, radiodan taralayotgan ashula, Toshkent ko‘chalaridagi tirbandlik va hamma narsani tashlab, ta’tilga ketish istagi bilan boshlanadi. Ammo keling, bundan ham ijobiy tomonlarni qidiraylik: yaqinda maktab ta’tillari, undan ham oldin esa – Xellouin bayrami. Siz hali o‘sha libosni izlayotganingizda, Masha siz uchun haftaning har kuniga albatta O‘zbekiston gidrometeorologiya markazidan kelgan ob-havoga qarab obrazlar tanladi.
28-oktyabrdan/3-noyabrga qadar Toshkentdagi haftalik ob-havo
28-oktyabr
28-oktyabr kuni Toshkentdagi ob-havo barcha issiqsevarlar va hatto morjlarni ham hayratga soladi. Havo harorati kunduzi +9 daraja iliq bo‘ladi, kechasi esa +5 darajagacha pasayadi. Bonusiga esa shamol esib, yomg‘ir yog‘adi. Masha uyda qolishni afzal ko‘rardi-yu, ammo chiqishga to‘g‘ri keladi. Shunday qilib, issiqqina legginslar, Zara paypoqli etiklarini kiyamiz va qaddimizni tik tutgancha yo‘lga chiqamiz.
29-oktyabr
Yomg‘ir o‘z ishini bajardi, 29-oktyabr kuni Toshkentda quyoshli kun bo‘ladi. Havo harorati ham biroz isiydi: tashqarida umidbaxsh +14 daraja iliq. Ayniqsa sizda indigo rangidagi vintajli sviter, 2mood rus brendidan eko-charmli kapri va kayfiyatingiz juda ham a’lo bo‘lsa, Mayami bo‘lmasa-da, yashasa bo‘ladi. Mashaning ham kayfiyati yaxshi.
30-oktyabr
Toshkentda ish haftasining o‘rtasi va ob-havoning navbatdagi jazavasi. Efirda yana yomg‘ir, lekin unchalik ham sovuq emas va havo +14 darajagacha iliq. Kechasi +5 daraja bo‘ladi, shunday ekan, keling, ortiqcha sayr qilmaymiz. Agar buni rejalashtirayotgan bo‘lsangiz ham, bu faqat trenchda bo‘la bo‘lsin. Mashaning bugungi kiyimi leopard rangida, palatso shimi, top-xalter va it bilan juda mos tushadi. Darvoqe, shunga o‘xshash trenchni “Do‘stlar” serialidagi Reychel ham kiygan edi. Uni qayta ko‘rib chiqishga yana bir bahona bor!
31-oktyabr
Payshanba - nafaqat baliq kuni, balki Xellouin bayrami ham. Siz bayram tarixini o‘qiguningizcha biz yorqin quyosh va harorat +17 darajagacha iliqligi uchun samodan minnatdor bo‘lamiz. Masha allaqachon liboslar bilan bo‘ladigan ziyofatga tayyorlanishni boshladi: bu safar u Barbi bo‘ladi. Axir u barbikorning eng yaxshi an’analariga ko‘ra, pushti rangli guldor ko‘ylakni bekorga sotib olmadi-ku. O‘tgan yilgi trendmi? Xulosa qilishga shoshilmang, u timeless.
1-noyabr
Juma kuni Toshkentdagi ob-havo hammani xushnud qiladi: havo kunduz kuni +18 darajagacha isiydi, ochiq bo‘ladi, oldinda esa faqat quvonch va dam olish kunlarining lazzati (kechasi +7 daraja iliq). Lekin ish bo‘ri emas va obrazlar mos kelishi lozim. Ishxonaga Masha yasangan holda: ko‘lrang asfalt rangidagi oversayz ikkilik libosida boradi. Hamma gap to‘g‘ri urg‘u berishda – masalan, Uniqlo to‘q qizil futbolkasi hamda shunga mos manikyurda.
2-noyabr
O‘zimizni va sizni tabriklaymiz - biz shanbagacha yetib keldik! 2-noyabr ob-havosi biz bilan birga bayram qiladi: haftaning eng issiq kuni +20 darajagacha iliq bo‘ladi. Afishani o‘qiymiz va o‘z ta’bimizga ko‘ra ko‘ngilochar joy tanlaymiz. Masha uchun bu teatr bo‘lib, unga mos keladigan: 12storeezdan midi yubka, Marco Polodan zig‘ir tolasidan to‘qilgan kamzul va Mango top kiyimlarini tayyorlaydi. Ipak sumka, lokli “meri-jeyn” baletkasi va sevimli marvaridli ziraklar – trendlarsiz qayerga ham borar edik.
3-noyabr
Yakshanba - chilla, dam olish, oddiy qilib aytganda - bo‘shashish kuni. Toshkentda havo biroz soviydi, lekin baribir tiniq va ravshan: sinoptiklar +18 va yog‘ingarchiliksiz bo‘lishini va’da qilmoqda. Masha yengil erkin qadam tashlashda davom etadi: Oysho oq treniki, binafsharang shoyi bluzka (ispancha matodan) va Stefaneldan siren rangidagi junli pidjak.