Ob-havo maʼlumoti: 7–9-fevral kunlari harorat pasayadi
Havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutiladi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyati
Havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 7-8-fevralda baʼzi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 7-fevralda kechasi 2-7° sovuq, kunduzi 2-7° iliq, 8-9-fevralda kechasi 7-12° sovuq, kunduzi 3° sovuq-2° iliq boʻladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlari
Havo biroz bulutli boʻladi, 7-fevralda yogʻingarchilik kutilmaydi. 8-fevralda kechga tomon baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi, ayrim joylarda qorga aylanishi mumkin. 9-fevralda baʼzi joylarda qor yogʻadi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 8-9-fevralda baʼzi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 7-fevralda kechasi 2-7° iliq, kunduzi 14-19° iliq; 8-fevralda kechasi 0-5° iliq, kunduzi 6-11° iliq; 9-fevralda kechasi 2-7° sovuq, kunduzi 3° sovuq-2° iliq; Navoiy viloyatining shimolida 7-fevralda kechasi 2-7° sovuq, kunduzi 2-7° iliq; 8-9-fevralda kechasi 7-12° sovuq, kunduzi 3° sovuq-2° iliq boʻladi.
Toshkent, Samarqand, Sirdaryo va Jizzax viloyatlari
Havo biroz bulutli boʻladi, 7-fevralda yogʻingarchilik kutilmaydi, 8-fevralda kechga tomon baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi, ayrim joylarda qorga aylanishi mumkin. 9-fevralda baʼzi joylarda qor yogʻadi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 7-fevralda kechasi 0-5° iliq, kunduzi 13-18° iliq; 8-fevralda kechasi 2-7° iliq, kunduzi 8-13° iliq; 9-fevralda kechasi va kunduzi 3° sovuq-2° iliq boʻladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari
Havo biroz bulutli boʻladi, 7-fevralda yogʻingarchilik kutilmaydi, 8-fevralda baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi, ayrim joylarda qorga aylanishi mumkin. 9-fevralda baʼzi joylarda qor yogʻadi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 8-9-fevralda baʼzi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 7-fevralda kechasi 2-7° iliq, kunduzi 14-19° iliq; 8-fevralda kechasi 2-7° iliq, kunduzi 8-13° iliq; 9-fevralda kechasi 3° sovuq-2° iliq, kunduzi 0-5° iliq boʻladi.
Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatlari
Havo biroz bulutli boʻladi, 7-8-fevralda yogʻingarchilik kutilmaydi. 9-fevralda baʼzi joylarda yogʻingarchilik (yomgʻir qorga aylanadi) boʻladi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 510 m/s tezlikda esadi. Harorat 7-fevralda kechasi 2° sovuq-3° iliq, kunduzi 8-13° iliq; 8-fevralda kechasi 2-7° iliq, kunduzi 10-15° iliq; 9-fevralda kechasi 0-5° iliq, kunduzi 3-8° iliq boʻladi.
Respublikaning togʻli hududlari
Havo biroz bulutli boʻladi, 7-fevralda yogʻingarchilik kutilmaydi. 8-fevralda baʼzi joylarda yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻladi. 9-fevralda baʼzi joylarda qor yogʻadi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 8-9-fevralda baʼzi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 7-fevralda kechasi 0-5° sovuq, kunduzi 5-10° iliq, 8-fevralda kechasi 3° sovuq-2° iliq, kunduzi 2-7° iliq; 9-fevralda kechasi va kunduzi 0-5° sovuq boʻladi.