верхний на лендинг кино
РУ
O’Z
UZS
/
/
Bahor havosiga tayyorgarlik: O‘zbekistonda haftalik ob-havo va har kuni uchun 7 ta obraz
02.02.2025 (yangilandi 03.02.2025)

Bahor havosiga tayyorgarlik: O‘zbekistonda haftalik ob-havo va har kuni uchun 7 ta obraz

Bahor havosiga tayyorgarlik: O‘zbekistonda haftalik ob-havo va har kuni uchun 7 ta obraz

Toshkent va butun respublikada haftalik ob-havo qishdan charchaganlar va qovog‘i solinganlarni ham xursand qiladi. Ob-havo yanada ochiq, tushunarli va bahorgi iliqlikda bo‘ladi. Demak, yangi kiyimlarni kiyib ko‘rish va 2025-yilning trendlariga mos keladigan obrazlarni yaratish vaqti keldi. Axir, “Zara” va “Massimo Dutti” do‘konlariga allaqachon yangi kolleksiyalar kelib tushgan. Kiyim va narxlarga havolalar odatdagidek tavsifda keltirilgan.

image

Kino va seriallarni 7 kun bepul tomosha qiling

icon

Toshkentda 3-fevraldan 9-fevralgacha ob-havo prognozi

3-fevral, dushanba

Ertalab osmon ochiq bo‘lsa-da, harorat -5 dan +3°C gacha bo‘lishi kutilmoqda. Kunduzi issiqlik +9°C ga yetadi, go‘yo kichik bir bahor kelgandek. Ammo kechasi yana +1..+3°C sovuq tushadi.

 

Mashada:

Fakturali jaket

Jinsi

4-fevral, seshanba

Kunduzi havo biroz bulutli bo‘ladi, harorat +8°C atrofida. Yaxshiyamki, yog‘ingarchilik va kuchli shamol yo‘q. Issiq ichimlik bilan uy, kafe yoki restoranlarda dam olamiz. Kechasi esa +4°C.

 

Mashada:

Charm bleyzer

Animalistik jinsi shim

5-fevral, chorshanba

Chorshanba kuni havo harorati +10°C ga yetadi, bu esa paltongizni oldini ochib sayr qilish imkonini beradi. Juda yoqimli fevral! Ammo kechki sayrda sovqotmaslik uchun issiqroq kiyinib oling: harorat +4°C gacha tushadi.

 

Mashada:

Ikki qator tugmali palto

Belbog‘li ko‘ylak

6-fevral, payshanba

Harorat yana biroz ko‘tarilib, +11°C ga yetadi. Quyosh butun kun davomida charaqlaydi. Ishda hayol surib, xatolar qilishingizga ajablanmang! Kechqurun esa ob-havo barqaror bo‘lib, +6°C atrofida bo‘ladi.

 

Mashada:

Romb naqshli kardigan

7-fevral, juma

Nihoyat juma kuni ham keldi, haftaning eng yengil va iliq kuni! Quyosh, shamolsiz ob-havo va rekord darajadagi iliq +12°C harorat. Kechasi ham yoqimli harorat bo‘ladi: +7°C. Lekin tun bo‘yi uyg‘oq qolsangiz, +1°C sovuqni his qilishingiz mumkin.

 

Mashada:

Atlas yubka

Kurtka (do‘konlardan aniqlang!)

8-fevral, shanba

Juma kunining egizagi – shanba! Toza osmon, hech qanday bulut yo‘q va +12°C iliq harorat. Kun bo‘yi aylanib yurib o‘tkazamiz (faqat savdo markazlarida emas, balki ochiq havoda ham), sevimli kafemizga kiramiz va uzoq vaqt o‘zimizga ravo ko‘rmagan taomlardan bahramand bo‘lamiz. Kechasi esa +7°C.

 

Mashada:

Krujeva hoshiyali sviter

Jinsi shim

9-fevral, yakshanba

Yakshanba kuni biroz sovuqroq bo‘ladi. Quyosh o‘ziga dam olish kunini belgilab, o‘rnini bulutlarga bo‘shatadi. Kunduzi harorat +8°C, kechasi esa +5°C. Uy ishlari bilan shug‘ullanish va bozorga yoki supermarketga qisqa vaqtga chiqish uchun eng yaxshi vaqt. Faqat yorqin kiyimda, axir dam olish kuni ham bir kichkina bayram!

 

Mashada:

Velvet shim

Bomber (do‘konlardan aniqlang!)

Bu qiziq

нижний на лендинг кино
Buyurtma qoldiring

Bizning menejerlarimiz yaqin orada siz bilan bog‘lanadi.

Rahmat, arizangiz qabul qilindi.