Biznesingiz uchun kreditlar
РУ
O’Z
UZS
/
/
Oy sarhisobi: Yanvarda Oʻzbekistonda va dunyoda nimalar sodir boʻldi?
31.01.2025

Oy sarhisobi: Yanvarda Oʻzbekistonda va dunyoda nimalar sodir boʻldi?

Oy sarhisobi: Yanvarda Oʻzbekistonda va dunyoda nimalar sodir boʻldi?

Yanvar oyi ham yakuniga yetdi. 2025-yilning birinchi oyi qizgʻin voqealarga boy boʻldi. Toping.uz yanvarning eng muhim va diqqatga sazovor yangiliklarini bir maqolaga jamladi.

image

2 milliard so‘mgacha kredit! Rasmiylashtirish – 1 kunda!

icon

Oʻzbekiston va jahonda yanvar oyi yangiliklarga boy boʻldi. Bu oyni oʻquvchilar ayniqsa Abduqodir Husanovning “Manchester Siti” safiga qoʻshilgani va debyutini oʻtkazgani bilan eslab qoladigan boʻldi.

Oʻzbekiston uchun muhim transfer

Oʻzbekiston milliy terma jamoasi himoyachisi Abduqodir Husanov 20-yanvar kuni rasman “Manchester Siti” futbolchisiga aylandi. U Angliya Premyer ligasida oʻynaydigan ilk oʻzbekistonlik futbolchi boʻldi.

20 yoshli himoyachi ingliz klubi bilan 2029-yilga qadar shartnoma imzoladi. Fransiyaning “Lans” klubi uning transferidan bonuslar bilan birgalikda 40 mln yevro ishlab oldi.

Angliya Premyer-ligasining 23-turida “Manchester Siti” “Chelsi”ni 3:1 hisobida magʻlub etdi. Uchrashuvda “Siti”ning yaqinda transfer qilingan oʻzbekistonlik markaziy himoyachisi Abduqodir Husanov debyut oʻyinini oʻtkazdi.

Ertadan barcha poyezdlarda narx koʻtariladi

“Oʻzbekiston temir yoʻllari” kompaniyasi 1-fevraldan boshlab mahalliy yoʻnalishdagi poyezd chiptalari narxi yana oshirilishini maʼlum qildi.

Xususan, “Afrosiyob” biletlari 20−25 foizga, “Sharq”, “Nasaf” va “Oʻzbekiston” biletlari esa 30 foizga koʻtariladi. Shuningdek, 1-fevraldan mahalliy yoʻnalishdagi yoʻlovchi (yotoqli) poyezdlar chipta narxining tarif qismi ham 10,5 foizga oshiriladi.

Narxlar temiryoʻl infratuzilmasi xarajatlari, elektr, yoqilgʻi va transport xarajatlarini qoplash, yuqori tezlikda harakatlanuvchi elektropoyezdlarni xarid qilish va yoʻlovchi vagonlari parkini yangilash, vokzallar faoliyatini zamonaviy talablariga muvofiq olib borish va yoʻlovchilarga sifatli xizmat koʻrsatish maqsadida oshirilmoqda.

Jeki Chan yana oʻzbek tilida gapiradi

Kinopoisk onlayn platformasida Jeki Chan ishtirokidagi “Panda” operatsiyasi" filmi namoyish etila boshladi. Premyera oʻzbek tiliga ham dublyaj qilingan.

Tarjima va dublyajni avvalroq “Tarjimon”, “The Equalizer” , “Nojentlmencha ishlar vazirligi”, “Garfild”, “Bad Boys: Ride or Diye” va boshqa filmlarni oʻzbek tiliga oʻgirgan “Kitchen Russia” dublyaj studiyasi amalga oshirdi.

Bloger Jasjan yana qamalib chiqdi

Toshkentda Jasjan nomi bilan tanilgan bloger Instagram`ga video olish uchun jamoat joyida bir qiz bilan janjal uyushtirdi. Sud unga 5 sutka ma’muriy qamoq jazosi, qizga esa 375 ming so‘m jarima tayinladi. Bloger avval ham bir necha bor qamoq jazosini o‘tab chiqqan.

Sud Jasurbek Shodiyevni Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183-moddasida (Mayda bezorilik) nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarlikni sodir etgan deb topgan va unga 5 sutka ma’muriy qamoq jazosini tayinlagan. Jazo o‘talganidan so‘ng undan ma’muriy qamoqqa olinganlarni saqlash muassasasi foydasiga ma’muriy qamoqning har bir sutkasi uchun BHMning 15 foizi miqdorida mablag‘ undirish belgilangan.

CapCut uchun yangi raqobatchi paydo bo'ldi

Instagram ijtimoiy tarmogʻi Reels roliklarini tahrirlash uchun yangi ilova — Editni taqdim etdi.

Ilova TikTokda post qilish uchun videolarni montaj qilish imkonini beruvchi CapCut nusxasi hisoblanadi.

Instagram rahbari Adam Mosserining aytishicha, Edits telefonda qisqa videolar yaratuvchilar uchun ishlab chiqilgan.

Oʻzbekiston terma jamoasida murabbiy almashdi

Srechko Katanets isteʼfosidan soʻng Timur Kapadze Oʻzbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlandi. Bu haqda mamlakat futbol assotsiatsiyasi xabar berdi.

Eslatib oʻtamiz, 22-yanvar kuni sloveniyalik mutaxassis futbol boʻyicha Oʻzbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyligidan ketgandi. Uning sogʻligʻi bilan bogʻliq muammolar sababli Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi bilan tuzilgan shartnoma bekor qilingan.

Sloveniyalik murabbiy oʻz murojaatida hozirgi holatida vazifalarini toʻlaqonli, professional tarzda bajara olmasligini afsus bilan qayd etgan. Doimiy qoʻllab-quvvatlagani va samarali hamkorlik uchun assotsiatsiyaga oʻz minnatdorchiligini bildirgan va terma jamoaga Jahon chempionati saralash bahslarida omad tilagan.

Sovuqqa chidamli bo'lsangiz, sizga ish bor

Antarktidadagi stansiyalarda oshpaz, duradgor, elektrik va santexniklar uchun boʻsh ish oʻrinlari eʼlon qilindi. Bu haqda Britaniya Antarktika tadqiqoti (BAS) xabar berdi.

Xodimlarga yiliga 66 000 yevrogacha ish haqi, bonuslar, haq toʻlanadigan turar joy, ovqatlanish, transport va maxsus kiyim taklif etilmoqda. Biroq ish joyi dunyoning eng janubiy qitʼasida joylashgan.

Ishni may oyidan boshlash mumkin va ish haqi kasbga qarab yiliga 34 000 dan 66 000 yevrogacha oʻzgarib turadi. Taqqoslash uchun, Germaniyada oshpazlar oʻrtacha 32 300 yevro, elektrchilar esa 41 760 yevro maosh oladi.

Bu qiziq

2 milliard so‘mgacha kredit!  Rasmiylashtirish – 1 kunda!
2 milliard so‘mgacha kredit! Rasmiylashtirish – 1 kunda!
Buyurtma qoldiring

Bizning menejerlarimiz yaqin orada siz bilan bog‘lanadi.

Rahmat, arizangiz qabul qilindi.