РУ
O’Z
UZS
/
/
Eng yaxshi hind filmlari - Hindistonning yuqori reytingga ega 20 ta TOP filmi
22.11.2024 (yangilandi 22.11.2024)

Eng yaxshi hind filmlari - Hindistonning yuqori reytingga ega 20 ta TOP filmi

Eng yaxshi hind filmlari - Hindistonning yuqori reytingga ega 20 ta TOP  filmi

Hind filmlari - bu faqat yorqin raqslar va rang-barang musiqiy sahnalargina emas (ularsiz bo‘larmidi!). So‘nggi yillarda Bollivud va boshqa mintaqaviy kinomatograflarning sanoati tomoshabinlarga chuqur syujetlarga, yorqin qahramonlarga va kuchli his-tuyg‘ularga boy qiziqarli voqealarni taqdim etdi. Ulardan ba’zilari Hindiston kinematografiyasiga boshqacha nigoh bilan qarash imkonini beradi. TelecomTV interaktiv video-kontent xizmati bilan birgalikda eng yaxshi filmlar ro‘yxatini tuzdik.
 

“Toki tirik ekanman”

  • Janri: drama, melodrama

  • Chiqarilgan yili: 2012

  • Rejissyor: Yash Chopra

  • Bosh rollarda: Shohrux Xon, Katrina Kaif, Anushka Sharma, Anupam Xer, Rishi Kapur

  • Davomiyligi: 3 soat 18 daqiqa.

  • Saytlardagi reytingi: “Kinopoisk”da 8.1.

Tomosha qilish

Syujeti: sapyorlar otryadidan bo‘lgan hind armiyasi mayori Samar Anande o‘limdan mutlaqo qo‘rqmaydi va bombalarni zararsizlantirishda tavakkal qiladi. U Discovery Channel muxbiri Akinani qutqaradi va tasodifan o‘zining kurtkasini qizda unutib qoldiradi. Akira Samarning kurtkasidan kundaligini topib o‘qiydi. Kundalik orqali u Samaraning butun hayotini ostin-ustun qilgan vaziyat haqida bilib oladi.

Nima uchun tomosha qilishga arziydi: “Toki tirik ekanman” (asl nomlanishi “Teri Bhi Hoke Rakhunga”) filmi hayot va o‘lim, sevgi va ma’no izlash mavzusini ko‘taradi. U yaqinlar bilan o‘tkazilgan vaqtning qadriga yetish va hayotning o‘tkinchiligini anglash qanchalik muhimligini ko‘rsatadi. “Toki tirik ekanman” filmini ko‘rgandan so‘ng, bugungi kun va kelajak haqida o‘ylashni xohlaysiz, shu bilan birga, lenta tomoshabinni salbiy narsalarga to‘ldirib yubormaydi.

“PiKey”

  • Janri:  komediya/fantaziya.

  • Chiqarilgan yili: 2014.

  • Rejissyor: Rajkumar Xirani.

  • Bosh rollarda: Амirxon, Аnushka Sharma, Sanjay Datt, Saurabx Shukla.

  • Davomiyligi: 2 soat 33 daqiqa.

  • Saytlardagi reytingi: “Kinopoisk”da 7,9.

Tomosha qilish

Syujeti: Pikey ismli sodda o‘zga sayyoralik tabiat va hayotni o‘rganish maqsadida Yerga keladi, u Rajastan sahrosiga qo‘nadi. Lekin uning omadi chopmaydi: uning kosmik kemasi bilan aloqani ta’minlovchi pultini o‘g‘irlab ketishadi. Endi u o‘sha pultni topishi va bir vaqtning o‘zida Yerdagi omadsizliklarga qarshi kurashishi kerak bo‘ladi. O‘zga sayyoralikning ilgari hech kim unga bermagan savollarga javob berishiga to‘g‘ri keladi.

Nima uchun tomosha qilishga arziydi: film din, e’tiqod va inson tabiati masalalariga bag‘ishlangan. Bosh qahramon insoniy an’analar va odatlar bilan tanish emas, bu unga dunyoni stereotiplarsiz ko‘rish imkonini beradi. U shakllangan aqidalarni ochiqdan ochiq shubha ostiga qo‘yadi - bu tomoshabinga kundalik idrok etish doirasidan tashqarida yotgan narsalar haqida o‘ylash imkonini beradi. Shu bilan birga, “PiKey” dinni haqorat qilmaydi.

“Jang”

  • Janri: jangari, triller.

  • Chiqarilgan yili: 2019.

  • Rejissyor: Siddxaratx Anand.

  • Bosh rollarda: Ritik Roshan, Tayger Shroff, Vaani Kapur, Ashutosh Rana.

  • Davomiyligi: 2 soat 20 daqiqa.

  • Saytlardagi reytingi: kino-teatr.ru saytida 8/5.

Tomosha qilish

Syujeti: syujet markazida dushmanga aylangan maxsus xizmatlarning ikki buyuk ayg‘oqchi haqida hikoya qilinadi. Hindiston razvedkasining sobiq agenti Xarti o‘z mamlakatini sotadi va yollanma askarga aylanadi. U butun dunyo bo‘ylab bir necha terrorchilik hujumlarini amalga oshiradi. Xartini u qachonlardir hamkorlik qilgan yosh iste’dodli agent Kabir qo‘lga olishga harakat qiladi.

Nima uchun tomosha qilishga arziydi: film maxsus agentlar duch keladigan axloqiy munozaralarni ko‘taradi - masalan, axloq doirasidan tashqariga chiqqan qarorlarni qabul qilish zarurati. Film yuqori sifatli rejissura va postanovkaga ega, unda ko‘plab murakkab sahnaviy harakatlar mavjud.

“Don. Mafiya rahnamosi”

  • Janri:   jangari, triller, kriminal.

  • Chiqarilgan yili: 2006.

  • Rejissyor:  Farxan Axtar.

  • Bosh rollarda: Shoxrux Xon, Priyanka Chopra Jonas, Arjun Rampal, Isha Koppikar.

  • Davomiyligi: 2 soat 58 daqiqa.

  • Satrlardagi reytingi: “Kinopoisk”da 8,1.

Tomosha qilish

 Syujeti: Hindiston politsiyasi mafiya boshlig‘ini (uning ismi Don) ta’qib qiladi. Politsiya bilan to‘qnashuvlardan birida Don og‘ir yaralanadi, shu sababli Don o‘ldirilgan degan mish-mishlar paydo bo‘ladi. Mazkur mafiyaga qarshi kurashayotgan inspektor Dsilvaning nigohi Donga o‘xshash oddiy yigitga tushadi. Vijay politsiyaga yordam berish maqsadida guruh ichiga suqulib kiradi va o‘zini guruh boshlig‘i qilib ko‘rsatadi va hech kim bunday o‘zgarishni sezmaydi. Lekin to‘satdan Dsilva halok bo‘ladi, qalbakilikni esa faqat u bilar edi.

Nima uchun tomosha qilishga arziydi: Shohrux Xon jinoyatchi Don rolini qoyilmaqom qilib ijro etgan, tomoshabinlarda nafrat emas, aksincha, mehr uyg‘otdi. Film tomoshabinning butun diqqatini tortadi, syujet ko‘plab chalkash burilishlar va fitnalarga boy. Bosh qahramon voqealarni ayyorona boshqaradi va tomoshabinlar kim do‘st, kim esa dushman ekanligini doimiy ravishda taxmin qilishga majbur bo‘ladilar.

“Men bilan do‘stlashasanmi”

  • Janri:   myuzikl, drama, melodrama, komediya.

  • Chiqarilgan yili: 2002.

  • Rejissyor: Кunal Koxli.

  • Bosh rollarda: Ritik Roshan, Каrina Kapur, Rani Mukxerdji, Uday Chopra.

  • Davomiyligi: 2 soat 29 daqiqa.

  • Saytlardagi reytingi: “Kinopoisk”da 8,0.

Tomosha qilish

 Syujeti: Raj, Tina va Puja - bolalikdan do‘st bo‘lgan uch qahramon - Raj Londonga o‘qishga ketganidan keyin ajralishga majbur bo‘lishadi. Raj Tinani sevadi, Tina u bilan e-mail orqali yozishib turishga va’da beradi. Ammo Tina va’dasini buzadi va shunda uning nomidan Puja xat yozadi. Yozishmalar bir necha yil davom etadi, yigit va qiz yaqinlashadi. 15 yil o‘tib, Raj o‘z shahriga qaytib keladi. Puja uning hafsalasi pir bo‘lishidan qo‘rqadi va Tinani sirni oshkor qilmaslikka undaydi.

Nima uchun tomosha qilishga arziydi: film yaqin insonlar o‘rtasidagi noma’lumlik va yashirin his-tuyg‘ular masalasini ko‘taradi - bu ko‘plab tomoshabinlar uchun muhim bo‘lishi mumkin. Bo‘linmagan sevgi va uning oqibatlari mavzulari tushuniladi. Filmning o‘zi juda chiroyli - Parij va London manzaralari tufayli film vizual jihatdan yanada jozibali bo‘lib chiqdi.

“Padmavati”

  • Janri:   melodrama, drama.

  • Chiqarilgan yili: 2018.

  • Rejissyor: Sanjay Lila Bxansali.

  • Bosh rollarda: Dipika Padukon, Ranvir Singx, Shaxid Kapur, Aditi rao Xidari.

  • Davomiyligi: 2 soat 43 daqiqa.

  • Saytlardagi reytingi: “Kinopoisk”da 7,3 ball.

Syujeti: “Padmavati” Mevar qirolligining sohibjamol va aqlli qirolichasi Padmavati haqida hikoya qiladi, u eri - qirol Rattan Singx bilan chiroyli va gullab-yashnayotgan saroyda yashaydi. Film voqealari Dehlining shafqatsiz sultoni Allaxuddin Xalji Padmavatiga oshiq bo‘lib, uni begona erkakdan olishga qaror qilganida yuzaga keladigan mojaroga qaratilgan.

Nima uchun tomosha qilishga arziydi: film yorqin ulkan dekoratsiyalar va ishlangan tafsilotlarga boy ajoyib vizualga ega. “Padmavati” vizual durdona deb ataladi.

“Mening ismin Xon”

  • Janri:  drama, melodrama. 

  • Chiqarilgan yili: 2010.

  • Rejissyor: Каran Johar.

  • Bosh rollarda: Shoxrux Xon, Каjol, Кeti A. Kin, Kenton Dyuti.

  • Davomiyligi: 2 soat 35 daqiqa.

  • Saytlardagi reytingi: “Kinopoisk”da 8,1.

Tomosha qilish

Syujeti: Asperger sindromi bilan og‘rigan hindistonlik musulmon Rizvan Xon San-Fransiskoga ko‘chib o‘tib, u yerda akasi va kelini bilan yashay boshlaydi. U Mandirani sevib qoladi va oilasining noroziligiga qaramay, ular turmush quradilar va biznes ochadilar. 11-sentyabr fojiasidan keyin bosh qahramonlarning hayoti o‘zgarib ketadi.

Nima uchun tomosha qilishga arziydi: “Mening ismim Xon” filmi syujetida barcha to‘siqlarni, shu jumladan ijtimoiy stereotiplar va fojiali voqealarni yengib o‘tadigan ta’sirchan va ilhomlantiruvchi sevgi hikoyasi mavjud. Film bag‘rikenglik, noxolislik va inson matonati mavzulariga bag‘ishlangan.

“Dangal”

  • Janri: drama, tarjimai hol.

  • Chiqarilgan yili: 2016.

  • Rejissyor: Nitesh Tivari

  • Bosh rollarda: Аmir Xon, Fatima Shayx, Sanya Malxotra, Sakshvi Tanvar.

  • Davomiyligi: 2 soat 33 daqiqa.

  • Saytlardagi reytingi: 8.3/10 IMDb.

Tomosha qilish

Syujeti: bu hind polvoni Mahavir Singx haqidagi haqiqiy hikoya bo‘lib, u sportdagi muvaffaqiyatsizliklaridan hafsalasi pir bo‘lib, qizlarini hech bo‘lmaganda kurashda muvaffaqiyatga erishish uchun mashq qilishga qaror qiladi. Bosh qahramonlar jamoatchilik tomonidan qoralanish va sportda ayollarga nisbatan noto‘g‘ri qarashlarga duch kelishadi.

Nima uchun tomosha qilishga arziydi: sizni ijtimoiy stereotiplarga qarshi kurash va qiyinchiliklarni yengib o‘tish haqidagi hikoya ilhomlantirishi kerak. Film iroda kuchi va oilaviy qo‘llab-quvvatlash haqida o‘ylashga majbur qiladi.

“Barfi”

  • Janri: drama, melodrama, komediya.

  • Chiqarilgan yili: 2012.

  • Rejissyor:  Аnuras Basu.

  • Bosh rollarda: Ranbir Kapur, Priyanka Chopra Jonas, Ileana D’Krus, Saurabx Shukla.

  • Davomiyligi: 2 soat 31 daqiqa.

  • Saytlardagi reytingi: “Kinopoisk”da .7,8.

Tomosha qilish

Syujeti: Shruti tasavvurida muhabbat - bu abadiy, yuksak tuyg‘u, ikki kishining o‘zidan keyin faqat ajoyib xotiralar qoldirishi, birga yashab va vafot etishi. Darjilinglik garang va soqov yigit Barfi qiz uchun umr bo‘yi birga bo‘lishni orzu qilgan odamga aylanadi. Biroq ko‘pincha ota-onalarning yoshlarning sodda orzulariga aralashuvi tufayli, paydo bo‘layotgan his-tuyg‘ular barbod bo‘ladi.

Nima uchun tomosha qilishga arziydi: film baxt tushunchasini va chinakamiga tirik bo‘lish nimani anglatishini qayta ko‘rib chiqishga majbur qiladi.

“Jonni sotqin” 

  • Janri: triller, drama, kriminal, detektiv.

  • Chiqarilgan yili:  2007.

  • Rejissyor: Shriram Ragxavan.

  • Bosh rollarda: Dxarmendra, Rimi Sen, Аshvini Kalsekar, Nil Nitin Mukesh.

  • Davomiyligi: 2 soat 11 daqiqa.

  • Saytlardagi reytingi: “Kinopoisk”da .7,2.

Syujeti: bir guruh xufiyona ishbilarmonlar butun kompaniya uchun katta foyda va’da qiladigan muhim bitimga tayyorlanadi. Biroq ishtirokchilardan birining ushbu operatsiya bo‘yicha o‘z rejasi bo‘lib, bu kutilmagan oqibatlarga olib keladi.

Nima uchun tomosha qilishga arziydi: bu boshdan oxirigacha keskinlikda kechadigan, jinoyatchilar dunyosidagi murakkab fitnalar va xiyonatlarni ochib beradigan o‘tkir kriminal triller.

““Madras” kafesi”

  • Janri: jangari, triller, drama.

  • Chiqarilgan yili: 2013.

  • Rejissyor: Shudjit Sirkar.

  • Bosh rollarda: Jon Abraxam, Nargis Fakxri, Rashi Kxanna, Gaurav Sharma.

  • Davomiyligi: 2 soat 10 daqiqa.

  • Saytlardagi reytingi: 7,6/1- iMDb.

Syujeti: Hindiston armiyasi zobiti Vikram Singx fuqarolar urushida vayron bo‘lgan Shri-Lankaga maxfiy operatsiyalar rahbari etib tayinlanib, u yerdagi siyosiy va harbiy fitnalar fonida isyonchilarni bostirishi kerak bo‘ladi. Vikram qadam-baqadam yolg‘on va manipulyatsiyalarning murakkab o‘rgimchak to‘rida tobora ko‘proq o‘ralashib qolaveradi. Britaniyalik jurnalist Jay Saxni bilan uchrashib qolib, u armiya oldidagi burch va ziddiyatning haqiqiy sababini ochishga yordam berish istagi o‘rtasidagi ma’naviy tanlovga to‘qnash keladi.

Nima uchun tomosha qilishga arziydi: film tufayli siz 90-yillardagi Hindistondagi siyosiy va ijtimoiy keskinlik fonida murakkab insoniy munosabatlarga chuqur kirib borishingiz mumkin. Mahorat bilan suratga olingan film jinoyat va oilaviy fojia elementlarini o‘zida mujassamlashtirib, shafqatsiz voqelik sharoitida xiyonat, sevgi va shaxsiy ozodlikni izlash mavzusini ochib beradi.

“Pianinochiga o‘q uzing” 

  • Janri: triller, melodrama, komediya, kriminal.

  • Chiqarilgan yili: 2018.

  • Rejissyor: Shriram Ragxavan.

  • Bosh rollarda: Аyushmann Kxurrana, Таbu, Radxika Apte, Аnil Dxavan.

  • Davomiyligi: 2 soat 19 daqiqa.

  • Saytlardagi reytingi: “Kinopoisk”da 6,9.

Syujeti: ko‘r odamning hayoti shundoq ham qiyinchiliklarga to‘la, ammo qahramonimiz uni yanada murakkablashtirishga muvaffaq bo‘ladi. Ko‘zi ojiz pianinochi to‘satdan qotillikning guvohi bo‘lib qoladi, agar ta’bir joiz bo‘lsa, bu uning hayotini biroz jonlantirib yuboradi.

Nima uchun tomosha qilishga arziydi: agar siz filmlardagi ruhiy keskinlikni yoqtirsangiz, unda “Pianinochiga o‘q uzing” sizga albatta yoqadi.

“Ona Hindiston”

  • Janri: myuzikl, jangari, drama, komediya.

  • Chiqarilgan yili: 1957.

  • Rejissyor: Мехbub Xan.

  • Bosh rollarda: Nargis, Sunil Datt, Radjendra Kumar, Raj Kumar.

  • Davomiyligi: 2 soat 52 daqiqa.

  • Saytlardagi reytingi: “Kino Mail Ru” da 7/10.

Syujeti: o‘z farzandlarini qashshoqlik va nohaqlikda tarbiyalab, yolg‘izlikda yashash uchun kurashayotgan ayol Radxa. Uning eri baxtsiz hodisa natijasida ish qobiliyatini yo‘qotadi, Radxaning sudxo‘r oldida qarzdorligi va bolalaridan birini fojiali yo‘qotishi. Uning og‘ir sharoitda o‘sgan o‘g‘illari butunlay boshqacha bo‘lib: biri yuvosh va mehnatsevar, ikkinchisi esa jinoyatchi bo‘lib o‘sadi.

Nima uchun tomosha qilishga arziydi:  bu hind kinosi klassikasi.

 “Yerdagi yulduzchalar”

  • Janri:   drama.

  • Chiqarilgan yili: 2007.

  • Rejissyor: Аmirxon.

  • Bosh rollarda: Darshil Safari, Amir Xon, Tanay Cheda, Tiska Chopra.

  • Davomiyligi: 2 soat 45 daqiqa.

  • Saytlardagi reytingi: 8,3/10 iMDb.

Syujeti: ota-onasi va o‘qituvchilari aqli zaif deb hisoblaydigan sakkiz yoshli Ishan o‘zining xayoliy olamiga sho‘ng‘igan, o‘qish o‘rniga baliq, mushuk va itlarning suratini chizadi. Yaxshi o‘qiy va yoza olmaganligi sababli uni ikkinchi yilga qoldirishadi va ota-onasi uni maktab-internatga yuborishga qaror qilishadi. U yerda Ishan rasm o‘qituvchisi Ram Shankar Nikumbx bilan uchrashadi, u bolaning disleksiyasini payqab, uning shunchaki o‘zlashtirmaydigan emas, balki alohida yondashuvni talab qiladigan noyob badiiy iste’dodga ega ekanligini tushunadi.

Nima uchun tomosha qilishga arziydi: bu sabr-toqat va g‘amxo‘rlik yashirin iste’dodlarni ochishga, shuningdek, kichkina odamning hayotini o‘zgartirishga qanday yordam berishi mumkinligi haqidagi ta’sirchan voqea.

“Lanchboks”

  • Janri:   drama, melodrama.

  • Chiqarilgan yili: 2013.

  • Rejissyor: Ritesh Batra.

  • Bosh rollarda: Irfan Xon, Nimrat Kaur, Navazuddin Siddikui, Lillet Dyubey.

  • Davomiyligi: 1 soat 44 daqiqa.

  • Saytlardagi reytingi: “Kinopoisk”da 7,3.

Syujeti: tushlikni tasodifan boshqa odamga yetkazib berish tufayli yosh uy bekasi notanish erkak bilan tushlik qutisida qoldiradigan xatlar orqali yozishmalarni boshlaydi.

Nima uchun tomosha qilishga arziydi: bu mutlaqo noodatiy hind filmi bo‘lib, tomoshabinni ushbu ajoyib mamlakatning kundalik hayoti va o‘ziga xos muhitiga yetaklaydi.

“Uch savdoyi”

  • Janri:  komediya, melodrama.

  • Chiqarilgan yili: 2009.

  • Rejissyor: Rajkumar Xirani.

  • Bosh rollarda: Аmir Xon, Sharman DJoshi, Karina Kapur.

  • Davomiyligi: 2 soat 50 daqiqa.

  • Saytlardagi reytingi: “Kinopoisk”da 8,1.

Tomosha qilish

 

Syujeti: ikki do‘st yo‘qolgan o‘rtog‘ini izlashga jo‘nashadi va sayohat davomida unutilgan mojarolarga duch kelishadi, birovning to‘yiga xalaqit berishadi va dafn marosimida bo‘lishadi. Ular o‘zlarining tinib-tinchimas va mustaqil do‘stlari Ranchoni eslar ekanlar, bu odam kutilmaganda ularning hayotiga qanday kirib kelganini va uni tubdan o‘zgartirib yuborganini tushunib yetadilar.

Nima uchun tomosha qilishga arziydi: filmda o‘ziga xos hajv, ta’sirchan lahzalar va hayot, o‘qish va haqiqiy qadriyatlar haqidagi chuqur falsafiy mulohazalar uyg‘unlashgan.

“2 ta shtat”

  • Janri:  drama, melodrama, komediya.

  • Chiqarilgan yili: 2014.

  • Rejissyor: Аbxishek Varman.

  • Bosh rollarda: Аrjun Kapur, Alia Bxatt, Amrita Singx, Revatxi.

  • Davomiyligi: 2 soat 29 daqiqa.

  • Saytlardagi reytingi: “Kinopoisk”da 7,4.

Tomosha qilish

Syujeti: Krish va Ananya madaniyatlari bir-biridan farq qilishiga qaramay, bir-birlarini sevib qolishadi va kutilganidek, ularning ota-onalari bu aloqani qo‘llab-quvvatlamaydilar.

Nima uchun tomosha qilishga arziydi: film syujeti sodda bo‘lsa-da, uning jozibador musiqasi va maftunkor aktyorlari hikoyaga yengillik va go‘zallik bag‘ishlaydi.

“Mumbay kundaliklari”

  • Janri:   drama.

  • Chiqarilgan yili: 2010.

  • Rejissyor: Кiran Rao.

  • Bosh rollarda: Pratik Babbar, Monika Dogra, Kriti Malxotra, Amir Xon.

  • Davomiyligi: 1 soat 40 daqiqa.

  • Saytlardagi reytingi: “Kinopoisk”da 7,6.

Syujeti: Film sinfiy, diniy va til to‘siqlari bilan ajralib turadigan to‘rt kishining murakkab munosabatlari haqida hikoya qiladi. Uning nomi Mumbayning xuddi shu nomdagi hududi bilan bog‘liq bo‘lib, unda ko‘plab kichik kirxonalar joylashgan.

Nima uchun tomosha qilishga arziydi: film Mumbaydagi hayotning haqqoniy tasvirini shahar hayotining shafqatsiz voqeligiga duch kelgan oddiy odamlar taqdiri orqali ko‘rish imkonini beradi.

“Dehli-6” 

  • Janri:   drama.

  • Chiqarilgan yili: 2009.

  • Rejissyor: Rakesh Omprakash Mexra.

  • Bosh rollarda: Vaxida Rexman, Abxishek Bachchan, Sonam Kapur, Rishi Kapur.

  • Davomiyligi: 2 soat 21 daqiqa. 

  • Saytlardagi reytingi: “Kinopoisk”da 7,3.

Syujeti: Roshan hayotining so‘nggi kunlarini ona yurtida o‘tkazishni orzu qilgan bemor buvisi bilan Hindistonga keladi. Uning uchun Hindiston - begona va notanish mamlakat, ammo tez orada u zamonaviy Dehli madaniyati hamda dinlarining dinamik uyg‘unligini sevib qoladi, shuningdek, o‘ziga o‘xshab hayotda o‘z o‘rnini izlayotgan qo‘shnisi Bitta bilan tanishadi.

Nima uchun tomosha qilishga arziydi: bu o‘ziga xoslik, muhabbat va e’tiqod masalalariga taalluqli ta’sirchan va teran hikoya.

 “Mardlarga hamd-sanolar”

  • Janri:   drama.

  • Chiqarilgan yili: 2020.

  • Rejissyor: Sudxa Kongara.

  • Bosh rollarda: Маdxavan, Urvashi, Surya Shivakumar, Paresh Raval.

  • Davomiyligi: 2 soat 33 daqiqa.

  • Saytlardagi reytingi: 8,7 на iMDb.

Syujeti: Ko‘proq “Maara” nomi bilan mashhur Nedumaaran Rajangam oddiy odamni uchishga o‘rgatishga intiladi, shu bilan birga dunyodagi eng yirik va eng qimmat sanoatga duch keladi. Bu jarayonda u o‘ziga dushmanlar orttirib, keyinchalik ular uning ulug‘vor maqsadiga to‘sqinlik qiladi.

Nima uchun tomosha qilishga arziydi: bu yerda siz komediya va dramatik elementlarning o‘ziga xos uyg‘unligini, shuningdek, erkaklar do‘stligi va sadoqatining o‘tkir ifodasiga guvoh bo‘lasiz.