O‘zbekiston bo‘ylab hafta davomida qanday harorat kuzatiladi?


19−23 may kunlari Toshkent shahrida kutilayotgan ob-havo maʼlumoti e’lon qilindi.
Dushanba kuni kunduzi havo oʻzgaruvchan bulutli boʻlishi va harorat +31 darajagacha koʻtarilishi kutilmoqda. Kechasi biroz bulutli boʻladi, havo harorati +17 darajagacha tushadi.
Poytaxtda 20-may kuni kunduzi havo oʻzgaruvchan bulutli boʻlishi, harorati +34 darajagacha koʻtarilishi kutilmoqda. Kechasi esa oʻzgaruvchan bulutlilik va haroratning +19 darajagacha pasayishi kuzatiladi.
Chorshanba kuni tushdan keyin havo biroz bulutli bo‘lib, harorati +37 darajagacha ko‘tarilishi kutilmoqda. Kechasi oʻzgaruvchan bulutlilik boʻladi, harorat +23° gacha pasayadi.
22-may kuni kunduzi havo sezilarli bulutli bo‘lishi kutilmoqda, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi, harorati +36 darajagacha ko‘tariladi. Kechasi esa havo oʻzgaruvchan bulutli boʻladi, haroat +22 darajagacha pasayadi.
Juma kuni havo biroz bulutli bo‘lib, harorati +32 darajagacha ko‘tarilishi kutilmoqda. Shanba kuni kechasi havo biroz bulutli boʻladi, harorati +18 darajagacha tushadi.