РУ
O’Z
UZS
/
/
Oʻzbekiston MDH mamlakatlari orasida eng yaxshi sayohat yoʻnalishi deb topildi
10.12.2024

Oʻzbekiston MDH mamlakatlari orasida eng yaxshi sayohat yoʻnalishi deb topildi

Oʻzbekiston MDH mamlakatlari orasida eng yaxshi sayohat yoʻnalishi deb topildi

Oʻzbekiston Respublikasi Rossiyaning “Russian traveler” jurnali tomonidan tashkil etilgan “Russian traveler Awards 2024” milliy turizm mukofotining ekspert hakamlar hayʼati tanlovi natijasiga koʻra “Turizm v SNG” nominatsiyasida gʻolib deb topildi.

Taqdirlash marosimida Turizm qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari Jamshid Abdusalomov boshchiligidagi Oʻzbekiston delegatsiyasi ishtirok etdi.  

Maʼlumot oʻrnida taʼkidlash lozimki, “Russian traveler” jurnali mamlakat ichida sayohat qilish va mashhur xalqaro yoʻnalishlarga bagʻishlangan rus nashri. U sayohat gʻoyalari, ekspert maslahatlari va jonli fotosuratlar bilan maqolalarni taklif etadi.

Jurnalning birinchi soni 2022-yilda Sankt-Peterburg xalqaro iqtisodiy forumida taqdim etilgan. Jurnal, shuningdek, Rossiyadagi eng yaxshi sayyohlik yoʻnalishlari, mehmonxonalar, kruizlar va turizmning boshqa jihatlarini eʼtirof etuvchi har yili “Russian traveler” mukofotlarini tashkil qiladi.  

Joriy yil iyul oyida Rossiyaning mazkur jurnali Oʻzbekistonning turizm salohiyatiga bagʻishlangan “Oʻzbekiston – Sharq ertagi” (“Узбекистан – Восточная сказка”) nomli maxsus soni chop etilgan boʻlib, rus kitobxonlari orasida katta qiziqish uygʻotgan.

Buyurtma qoldiring

Bizning menejerlarimiz yaqin orada siz bilan bog‘lanadi.

Rahmat, arizangiz qabul qilindi.