Oʻzbekiston vakili ilk bor “Dunyo goʻzali” tanlovida qatnashdi. Bizning natijalar qanday?
Taniqli model Nigina Faxriddinova Oʻzbekiston nomidan “Dunyo goʻzali” tanlovida ishtirok etdi.
17-noyabr kuni Meksikada “Miss Universe” goʻzallik tanlovi yakunlandi va Oʻzbekiston vakili Nigina Faxriddinova oʻzining Instagram sahifasida tadbir yakunlari haqidagi taassurotlari bilan oʻrtoqlashdi.
“Afsuski, biz hatto top 30 likka ham kira olmadik”, — dedi Nigina.
U oʻz izohida hakamlar hayʼatining bahosi unchalik xolis boʻlmagan boʻlishi mumkinligini taʼkidladi.
“Koʻpchilik hozir natijalardan hayratda, ammo eng muhimi, men bir narsani aniq bilaman: tomoshabinlar hamma narsani koʻrdi, biz hammamiz koʻrdik — kim eng yaxshi, kim yoʻq, kim munosib, kim emas”, — dedi Faxriddinova.
Shuningdek, u oʻz muxlislariga va uni tanlovda qoʻllab-quvvatlagan barchaga minnatdorchilik bildirdi.
“Men bilan birga boʻlganingiz va meni qoʻllab-quvvatlaganingiz uchun barchangizga katta rahmat. Men bir narsaga aminman: sizlarning qoʻllab-quvvatlashingiz bilan mamlakatimizni oʻz kuchim bilan munosib ravishda taqdim etdim”, — deya qoʻshimcha qildi Nigina.
Faxriddinova tanlov natijalaridan koʻngli toʻlmaganiga qaramay, iymon-eʼtiqodi butun va oʻz kuchiga ishongan holda qoldi.