Ob-havo maʼlumoti: 29–31-yanvar kunlari harorat pasayadi
Havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutiladi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyati
Havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi, faqat 30-31-yanvarda Qoraqolpogʻoiston respublikasida baʼzi joylarda qor yogʻadi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 3-8° sovuq, kunduzi 0-5° iliq boʻladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlari
Havo biroz bulutli boʻladi, baʼzi joylarda qor yogʻadi, faqat 30-31-yanvarda Buxoro viloyatida yogʻingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5° sovuq, 29-30-yanvar kunduzi 0-5° iliq, 31-yanvarda 2-7° iliq boʻladi; Navoiy viloyatining shimolida harorat kechasi 3-8° sovuq, kunduzi 0-5° iliq boʻladi.
Toshkent, Samarqand, Sirdaryo va Jizzax viloyatlari
Havo biroz bulutli boʻladi, baʼzi joylarda qor yogʻadi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5° sovuq, kunduzi 0-5° iliq boʻladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari
Havo biroz bulutli boʻladi, 29-yanvar baʼzi joylarda qor yogʻadi. 30-31-yanvarda yogʻingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 29-yanvarda kechasi 3° sovuq-2° iliq, kunduzi 1-6° iliq, 30-31-yanvarda kechasi 0-5° sovuq, kunduzi 2-7° iliq boʻladi.
Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatlari
Havo biroz bulutli boʻladi, baʼzi joylarda qor yogʻadi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 29-yanvarda kechasi va kunduzi 3° sovuq-2° iliq, 30-31-yanvarda kechasi 0-5° sovuq, kunduzi, 0-5° iliq boʻladi.
Respublikaning togʻli hududlari
Havo biroz bulutli boʻladi, 29-30-yanvar baʼzi joylarda yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻladi, 31-yanvarda yogʻingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. 29-yanvarda kechasi va kunduzi 2-7° sovuq, 30-31-yanvarda kechasi 7-12° sovuq, kunduzi 2-7° sovuq boʻladi.