РУ
O’Z
UZS
/
/
Oston O‘runov qancha muddatga safdan chiqqani ma’lum bo‘ldi
23.04.2025

Oston O‘runov qancha muddatga safdan chiqqani ma’lum bo‘ldi

Oston O‘runov qancha muddatga safdan chiqqani ma’lum bo‘ldi

O‘zbekiston terma jamoasi va Eronning “Persepolis” klubi a’zosi Oston O‘runov jarohat sabab 2—3 hafta maydonga tusha olmaydi. Bu haqda Varzish3 nashri xabar berdi.

O‘zbekistonlik vinger Eron Pro Ligasining 27-turidan o‘rin olgan “Sepaxon”ga qarshi bahsning 25-daqiqasida jarohat olib, almashtirildi. Dastlabki tekshiruvlardan keyin klub uning jarohati haqidagi xulosasini ma’lum qildi. Unga ko‘ra, futbolchi mushak qismining  cho‘zilishi sababli ikki-uch hafta davomida jamoaga yordam bera olmaydi.

Avvalroq futbolchi ushbu jarohat sabab uzoq muddatga safdan chiqqan edi hamda O‘zbekiston terma jamoasining Jahon chempionati saralashidagi Qirg‘iziston va Eronga qarshi uchrashuvlarni o‘tkazib yuborgan edi.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston terma jamoasining navbatdagi uchrashuvlari iyun oyida bo‘lib o‘tadi. Oston katta ehtimol bilan o‘sha vaqtga qadar safga qaytadi. 

Buyurtma qoldiring

Bizning menejerlarimiz yaqin orada siz bilan bog‘lanadi.

Rahmat, arizangiz qabul qilindi.