Ob-havo ma’lumoti: 27-fevral–1-mart kunlari harorat 12 darajaga ko‘tariladi


Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutiladi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi

Havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan qor yog‘adi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 28-fevralda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 27-28-fevralda 4-9° sovuq, 1-martda 2-7° sovuq, kunduzi 3° sovuq-2° iliq bo‘ladi.
Xorazm viloyati

Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat 28-fevralda ayrim joylarda biroz qor yog‘adi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 28-fevralda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 27-28-fevralda 4-9° sovuq, 1-martda 2-7° sovuq, kunduzi 3° sovuq-2° iliq bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlari


Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat 28-fevralda ayrim joylarda biroz yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 27-28-fevralda kechasi 2-7° sovuq, kunduzi 3-8° iliq, 1-martda kechasi 0-5° sovuq, kunduzi 5-10° iliq; Navoiy viloyatining shimolida kechasi 27-28-fevralda 4-9° sovuq, 1-martda 2-7° sovuq, kunduzi 3° sovuq-2° iliq bo‘ladi.
Toshkent, Sirdaryo, Sirdaryo va Jizzax viloyatlari

Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat 28-fevralda ayrim joylarda biroz yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 27-fevralda kechasi 0-5° sovuq, kunduzi 2-7° iliq; 28-fevralda kechasi 3° sovuq-2° iliq, kunduzi 2-7° iliq; 1-martda kechasi 3° sovuq-2° iliq, kunduzi 5-10° iliq bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari

Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat 28-fevralda ayrim joylarda biroz yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 28-fevralda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 27-fevralda kechasi 0-5° sovuq, kunduzi 5-10° iliq; 28-fevralda kechasi 3° sovuq-2° iliq, kunduzi 5-10° iliq; 1-martda kechasi 2° sovuq-3° iliq, kunduzi 7-12° iliq bo‘ladi.
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlari

Havo biroz bulutli bo‘ladi, 27-fevralda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 28-fevralda ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. 1-martda ba’zi joylarda qor yog‘adi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 27-28-fevralda kechasi 0-5° sovuq, kunduzi 2-7° iliq, 1-martda kechasi 2° sovuq-3° iliq, kunduzi 5-10° iliq bo‘ladi.
Respublikaning tog‘li hududlari

Havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan qor yog‘adi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. 27-28-fevralda Toshkent va Namangan viloyatlarida qor ko‘chishi xavfi bor. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 27-fevralda 7-12° sovuq, 28-fevral-1-martda 3-8° sovuq, kunduzi 3° sovuq-2° iliq bo‘ladi.