O‘zbekistonda 9-iyul kuni qanday ob-havo kuzatiladi?


“O‘zgidromet” 9-iyul, seshanba kuni respublika hududlarida kuzatiladigan ob-havo ma’lumotini taqdim etdi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyati


Havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatiladi. Harorat kechasi 20-25°, kunduzi 30-35°bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlari


Havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi, chang-to‘zonlar bilan kuzatiladi. Harorat kechasi 22-27°, kunduzi 35-40° bo‘ladi.
Toshkent, Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlari

Havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.Harorat kechasi 22-27°, kunduzi 33-38° bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari

Havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi, chang-to‘zonlar bilan kuzatiladi. Harorat kechasi 23-28°, kunduzi 36-41° bo‘ladi.
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlari

Havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.Harorat kechasi 22-27°, kunduzi 31-36° bo‘ladi.
Respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlari

Havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 17-22°, kunduzi 23-28° bo‘ladi.