“Chegarasiz sevgi”: mashhur serial aktyorlari va rollari. Serialning eng istiqbolli TOP 5 yulduzi


“Chegarasiz sevgi” – so‘nggi yillarda eng mashhur turk seriallaridan biri bo‘lib, u yangi yulduzlarni kashf etdi. Ularga yorqin va istiqbolli kelajak bashorat qilinmoqda, ularni millionlab Instagram obunachilari kuzatib boradi, prodyuser va rejissyorlar esa ularga yangi rollarni taklif qilishda davom etmoqda. Xo‘sh, ular kimlar?
“Chegarasiz sevgi”: eng mashhur TOP-5 aktyorlar
Deniz Jan Aktash (Halil Ibrohim)
31 yoshli Aktash bir nechta loyihalarda ishtirok etgan – Amerika serialining turkcha versiyasi “Yoqimtoy yolg‘onchilar” (Pretty Little Liars), shuningdek, “Sevgi yig‘latadi” filmida rol o‘ynagan. Ammo uni haqiqiy yulduzga aylantirgan loyiha “Chegarasiz sevgi” bo‘ldi. U aktrisa Hafsanur Sanjaktutan bilan munosabatda bo‘lgan, biroq ular 2022-yilda ajralishdi: Deniz sevgilisining ochiq sahnalari bo‘lgan filmda ishtirok etishini qabul qila olmadi.
Miray Daner (Zeynab Kocharlar)
Endigina 26 yoshga to‘lganiga qaramay, Miray Turkiyaning eng istiqbolli aktrisalaridan biri deb tan olingan. U taniqli psixolog oilasida tug‘ilgan va bolaligidan kino olamida suratga tushgan. Shu bilan birga, pianino va violonchel kabi turli musiqa asboblarida chalib, qo‘shiq kuylash bilan ham shug‘ullanadi. U sobiq futbolchi Oguljan Engin bilan munosabatda bo‘lgan, ajralgach esa shahar hokimining o‘g‘li Ata Janer bilan uchrashishni boshlagan. Ularning munosabati hanuz davom etayotgani aytilmoqda.
Biran Damla Yilmaz (Yasemin)
28 yoshli Biran “Muhtasham yuz yil”, “To‘g‘on” (Baraj) va boshqa turk seriallarida rol ijro etgan. Ammo 2,5 million obunachini u “Chegarasiz sevgi” chiqqanidan keyingina to‘pladi. Muhabbat mavzusiga to‘xtaladigan bo‘lsak, bu yashil ko‘zli yulduz musiqachi Chagri Telkiviran bilan munosabatda bo‘lgan, ammo yigit o‘zining sobiq sevgilisini unuta olmagani uchun bu munosabat uzoq davom etmadi.
Naz Chagla Irmak (Edanur)
Yilmaz bilan tengdosh bo‘lgan Chagla Irmak “Xafa bo‘lgan gullar” serialida ham rol ijro etgan. Ammo uni haqiqatan mashhur qilgan serial asosan “Chegarasiz sevgi” hamda Netflix platformasidagi “Meni ishontir” filmi bo‘ldi. Ikkala loyiha ham 2023-yilda chiqib, uni Turkiyaning eng istiqbolli aktyorlari safiga qo‘shdi.
Yunus Emre Bulut (Turan)
32 yoshli Bulut “Chegarasiz sevgi” serialidagina emas, balki tarixiy “Alp Arslon: Buyuk Saljuqiylar” dramasidagi ishtiroki bilan ham mashhurlikka erishgan. U faqat aktyor bo‘lish emas, balki rejissyorlik qilishni ham orzu qilgan. Hozirda bu yo‘nalishda ilk qadamlarini qo‘ymoqda. Umid qilamizki, yaqin kelajakda uni rejissyor sifatida ham tanib olamiz.