верхний на лендинг кино
РУ
O’Z
UZS
/
/
Kann kinofestivali qizil gilamida “ochiq” liboslar kiyish taqiqlandi
14.05.2025

Kann kinofestivali qizil gilamida “ochiq” liboslar kiyish taqiqlandi

Kann kinofestivali qizil gilamida “ochiq” liboslar kiyish taqiqlandi

13-may kuni Kann kinofestivalining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Qayd etilishicha, qizil gilamdan oʻtish uchun talablar qoʻyilgan. Xususan, tashkilotchilar festivalning tashrif buyuruvchilar uchun yo‘riqnomasiga ko‘ra, “odob-axloq” va “funksionallik” sabab bir necha turdagi liboslar taqiqlangan.

image

Kino va seriallarni 7 kun bepul tomosha qiling

icon

Cheklovlarga hajmli tasvirlar va uzun shleyfli variantlar kiradi, chunki ular “mehmonlarning normal harakatiga to‘sqinlik qiladi va zalda o‘tirishni qiyinlashtiradi”, deb hisoblangan. Shuningdek, “ochiq” ko‘ylaklar ham odob-axloq nuqtayi nazaridan taqiqlangan.

Kanndagi yangi kiyinish qoidalari juda aniq belgilangan: “Lyumer katta teatrida kechki soat 19:00 va 22:00 atrofida bo‘lib o‘tadigan, badiiy jamoalar ishtirok etadigan gala-tomoshalar uchun kechki kiyimlar (uzun ko‘ylak, smoking) talab qilinadi”.

Bundan tashqari, sumkalar, ryukzaklar va krossovkalardan voz kechish kerak. Biroq poshnalarning balandligi boʻyicha talablar yoʻq. Yangi qoidalarga rioya qilmaslikka qaror qilgan mashhurlar qizil yoʻlakka kiritilmasligi mumkinligi qayd etilgan.

Bu qiziq

нижний на лендинг кино
Buyurtma qoldiring

Bizning menejerlarimiz yaqin orada siz bilan bog‘lanadi.

Rahmat, arizangiz qabul qilindi.