Kafe, uy va ofis uchun kofemashinalar. Premium sifat, zamonaviy va hashamatli dizayn hamda ajoyib qahvani qadrlaydiganlar uchun TOP 9 model
“Astra Group” texnika do‘koni bilan birgalikda premium-segmentdagi eng yaxshi flagman kofemashinalar: yuqori sifatli, zamonaviy dizaynga ega va har qanday kafe yoki dizaynerlik oshxonasi uchun mos keladigan modellardan tanladik. Ideal espresso va kapuchino tayyorlash uchun mukammal yechim.
Premium kofemashinalar – haqiqiy qahvasevarlar uchun maqom belgisidir. Ularni nafaqat mazali qahva ichish, balki imidj uchun ham tanlashadi. Shuningdek, o‘zining birinchi kichik kafesini ochmoqchi bo‘lganlar uchun mukammal variantdir.
Bunday mashinalar har qanday qahvani – qora yoki sutli – (avtomatik rejimda, oddiy tugmachani bosish orqali) ajoyib darajada tayyorlashi aniq. Ular porsiya hajmi, harorat, maydalash darajasi va qahva quvvatini sozlash kabi asosiy funksiyalarga ega. Baʼzi modellarda esa dunyoning turli burchaklaridan keltirilgan brend retseptlari mavjud.
Bugun eng mashhur De’Longhi flagman modellari bilan tanishamiz va ular kimlar uchun mos ekanligini muhokama qilamiz.
De’Longhi premium-segmentidagi eng yaxshi kofemashinalar
De’Longhi ECAM 450.65.S
Bu model espresso ichishni xush ko‘radiganlar uchun ajoyib tanlovdir. Foydalanuvchiga qulay boshqaruv paneli yordamida har bir kishi o‘z didiga mos ichimlikni tayyorlash (harorat, quvvat, hajmni sozlash) imkoniyatiga ega. Mashinaning yana bir afzalligi – deyarli ovozsiz ishlashi. Kichik oila yoki zamonaviy oshxona dizayniga mos keluvchi sifatni qadrlaydigan juftlik uchun ideal tanlov.
De’Longhi ECAM 440.55.B/G/BG/W
Agar siz tabiiy qora qahvani yoqtirsangiz va kapuchino, latte yoki karamelli raf kabi ichimliklarga eʼtibor bermasangiz, bu modelga nazar soling. Bir necha ranglarda mavjud bo‘lib, uni har qanday interyerga moslashtirish mumkin. Mexanik boshqaruv paneli oddiy va ishonchli, bu mashinani ayniqsa ofis uchun mos qiladi. Bu modelga bildirilgan fikrlar bo‘yicha, u uzoq yillar davomida ishonchli xizmat qiladi.
De’Longhi ECAM 450.86.T
Zamonaviy texnologiyalarni qadrlaydiganlar uchun mo‘ljallangan model hisoblanadi. Ushbu kofemashina nafaqat espresso, balki “LatteCrema” tizimi yordamida mukammal kapuchino ham tayyorlaydi. Ichimlik turlarining xilma-xil variantlarini qadrlaydiganlar va ultra zamonaviy dizaynni tanlaydiganlar uchun mos.
De’Longhi ECAM 610.55.SB
Yangi taʼmlarni kashf etishni yoqtiradiganlar va hatto kichik mobil qahva do‘konini ochishni orzu qilganlar uchun murakkab funksiyalarga ega model. Bu mashina turli ichimliklarni tayyorlaydi, ayniqsa makkiato juda ajoyib chiqadi. U rivojlangan sensorli panel, eklektik dizayn, proffesional kapuchinator va yuqori avtomatlashtirishga ega. Uch xil qahva tayyorlash uchun atigi bitta tugmani bosish kifoya.
De’Longhi ECAM 610.74.MB
Ofis, go‘zallik saloni yoki katta oqimga ega tadbirlar uchun mo‘ljallangan model. U klassik va noodatiy qahva ichimliklarini tayyorlaydi, ko‘plab retseptlarni eslab qoladi, shaxsiylashtirish va sozlash imkoniyatlari mavjud. Sizga faqat har bir ichimlikni tayyorlab ko‘rish istagi bo‘lsa bas.
De’Longhi ECAM 610.75.MB
Ushbu model mashg‘ul ishbilarmonlar va tadbirkorlar uchun ideal tanlov bo‘lib, vaqtni qadrlaydigan, uzoq kofeni tayyorlash jarayonlarini yoqtirmaydiganlar, ammo sun’iy intellekt dunyosiga qiziqadiganlar uchun mos keladi. Ushbu modelni hatto avtomobilda bo‘lganingizda ham boshqarishingiz mumkin. Shuningdek, o‘ziga xos retseptlarni tayyorlashda yordam beradi va hashamatli dizayni bilan maqtana oladi. Bu haqiqiy sokin hashamdir.
De’Longhi ECAM 650.55.MS
Bu model o‘zining dizayni bilan boshqalardan ajralib turadi va estetikani qadrlaydiganlar uchun aniq tanlov bo‘ladi, axir u istalgan interyerning ko‘rki bo‘la oladi. Mashina mashhur ichimliklarni tayyorlaydi, o‘z-o‘zini tozalaydi, bulut kabi yengil oppoq sutli ko‘pik tayyorlaydi va kam texnik xizmatni talab qiladi.
De’Longhi ECAM 650.85.MS
Bu kofemashina kafe yoki yirik kompaniyaning open-speysining “yuragi” bo‘lish uchun yaratilgan. Axir u ichimliklarning taʼmi va sifatini yo‘qotmagan holda, tezlik bilan istalgan kofeni tayyorlashga qodir. Xaridorlar uning ishonchli boshqaruv tizimi, ichimliklarning boy tanlovi (eng nozik didli va injiq qahvasevarlarga ham mos dasturlar mavjud) va juda oddiy interfeysini qadrlashadi – uni nafaqat yangi barista, hatto bola ham o‘rganishi mumkin.
De’Longhi ECAM 960.75.GLM
Ushbu model qatorining eng qimmat kofemashinalaridan biri bo‘lib, haqiqiy qahva ishqibozlari uchun mo‘ljallangan. Arabikani robustadan bir zumda farqlay oladiganlarga mos keladi. Bu mashinada innovatsiyalar ham o‘z o‘rnini topgan: “Doppio+” tizimi, qahva taʼmini mukammallikka yetkazadi. Ichimliklarning keng tanlovi, shaxsiy sozlash imkoniyatlari va katta, qulay displey bilan jihozlangan. Uyda yoki kafe uchun tajribalar qilib ko‘rishingiz uchun ajoyib imkoniyatlar taklif etadigan model.
Asl narsalarga xarid qilishga harakat qiling, lekin agar siz byudjetli kofemashina izlayotgan bo‘lsangiz (yoki murakkab texnika bilan boshlashni xohlamasangiz), boshqa tanlovlar bilan tanishing.