O‘zbekistonda hafta oxirida: 2–5-oktyabr kunlari qanday ob-havo kuzatiladi?


“O‘zgidromet” 2–5-oktyabr kunlari respublika hududida qanday ob-havo kuzatilishi haqida ma’lumot berdi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi
Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 2 va 5 oktyabrda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 4-9° iliq, kunduzi 2 oktyabrda 13-18°, 3-5 oktyabrda 15-20° bo‘ladi.
Xorazm viloyati
Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 2 va 5 oktyabrda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 4-9° iliq, kunduzi 2-4 oktyabrda 17-22°, 5 oktyabrda 15-20° bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlari
Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 2-3 va 5 oktyabrda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 8-13°, kunduzi 2 oktyabrda 18-23°, 3-5 oktyabrda 20-25° bo‘ladi.
Toshkent, Samarqand, Sirdaryo va Jizzax viloyatlari
Havo biroz bulutli bo‘ladi, 2 oktyabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. 3-5 oktyabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Gʻarbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 2 oktyabrda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 8-13°, kunduzi 2 oktyabrda 18-23°, 3-5 oktyabrda 20-25° bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari
Havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 2 oktyabrda 12-17° bo‘ladi, 3-5 okytabrda 8-13° gacha pasayadi, kunduzi 2 oktyabrda 23-28°, 3-5 oktyabrda 20-25° bo‘ladi.
Andijon, Farg‘ona va Namangan viloyatlari
Havo biroz bulutli bo‘ladi, 2-3 oktyabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. 4-5 oktyabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Gʻarbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 2 oktyabrda 8-13°, 3-5 oktyabrda 5-10°, kunduzi 18-23° bo‘ladi.
Respublikaning tog‘li hududlari
Havo biroz bulutli bo‘ladi, 2-3 oktyabrda vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi. 4-5 oktyabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Gʻarbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 2 oktyabrda 8-13°, 3-5 oktyabrda 5-10°, kunduzi 2-3 oktyabrda 10-15°, 4-5 oktyabrda 13-18° bo‘ladi.