Ob-havo maʼlumoti: 15-dekabr kuni Oʻzbekistonda harorat keskin sovib ketadi
Oʻzgidrometning 2024-yil 15-dekabr uchun batafsil ob-havo axboroti.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi
Havo biroz bulutli boʻladi, kechasi baʼzi joylarda biroz qor, kunduzi yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 5-10° sovuq, kunduzi 2-7° iliq boʻladi.
Xorazm viloyati
Havo biroz bulutli boʻladi, kechasi baʼzi joylarda biroz qor, kunduzi yogʻingarchilik kutilmaydi, tuman tushishi mumkin. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 3-8° sovuq, kunduzi 0-5° sovuq boʻladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlari
Havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) baʼzi joylarda kuchli boʻladi. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda baʼzida 20-25 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi va kunduzi 2° sovuq-3° iliqboʻladi.
Toshkent, Samarqand, Sirdaryo va Jizzax viloyatlari
Havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) baʼzi joylarda kuchli boʻladi. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 0-5° iliq, kunduzi 3° sovuqqacha pasayadi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari
Havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) baʼzi joylarda kuchli boʻladi. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda baʼzida 20-25 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 2-7° iliq, kunduzi 2° sovuqqacha pasayadi.
Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatlari
Havo biroz bulutli boʻladi, kunning ikkinchi yarmida yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻladi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 0-5° iliq, kunduzi 2° sovuqqacha pasayadi.
Respublikaning togʻli hududlari
Havo biroz bulutli boʻladi, vaqti-vaqti blan qor yogʻadi, baʼzi joylarda kuchli boʻladi. Yoʻllarda yaxmalak kuzatiladi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 0-5° sovuq, kunduzi 8° sovuqqacha pasayadi.