16.06.2025
                                                    (yangilandi 16.06.2025)
                                            
                    
                Saudiya Arabistonining ikki grandi “Real” yulduzini qo‘lga kiritmoqchi
 
                 
                            
                                                                Muallif
                        
                                                                                    Shohzamon Shuhratov
                                                                        Madridning "Real" klubi hujumchisi Rodrigo Saudiya Arabistoniga ko‘chib o‘tishi mumkin. Bu haqda jurnalist Ekrem Qo‘nur xabar bermoqda. Manbaga ko‘ra, 24 yoshli futbolchiga "Al-Nassr" va "Al-Hilol" jiddiy qiziqish bildirmoqda.
Qayd etilishicha, Saudiya Arabistonining ikkala klubi ham Kilian Mbappe jamoaga kelganidan keyin o‘zini noqulay his qilayotgan Rodrigo uchun kurashmoqda. Shu bilan birga, manbaning ta’kidlashicha, Rodrigoning xizmatlariga "Arsenal" ham qiziqish bildirmoqda, ammo "Real" o‘z futbolchisini sotmoqchi emas.
Hujumchi 2024/25-yilgi mavsumda barcha musobaqalarda 51 ta o‘yinda maydonga tushib, 14 ta gol urdi va 10 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
 
             
         
         
         
     
         
         
         
         
         
         
         
         
         
         
        