03.06.2025
O‘zbekistonda ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalar 10 foizga oshirilishi kutilyapti


Muallif
Shohzamon Shuhratov
Prezidentning budjet tashkilotlari xodimlarining ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalarni 10 foizga, ya’ni inflatsiyadan past bo‘lmagan darajaga oshirishga doir farmoni imzolandi.
Shavkat Mirziyoyev farmoni bilan O‘zbekistonda ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalarni 10 foizga oshiriladi.
Bu haqda Iqtisodiyot va moliya vaziri Jamshid Qo‘chqorov parlament quyi palatasidagi chiqishida ma’lum qildi.
Vazirning qayd etishicha, ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalar inflyatsiyadan past bo‘lmagan darajaga oshiriladi.
Oxirgi marta ish haqi, pensiya va nafaqalar 2024-yil 1-sentabr kuni 15 foizga oshirilgandi.