Toshkentning uchta tumanida tabiiy gaz yetkazib berish vaqtincha toʻxtatiladi
27-noyabr kuni taʼmirlash ishlari sabab belgilangan vaqtlarda Sergeli, Uchtepa va Yakkasaroy tumanlarining ayrim hududlariga tabiiy gaz yetkazib berilmaydi.
Toshkentning uchta tumanidagi ayrim hududlarda tabiiy gaz yetkazib berish vaqtincha toʻxtatiladi. Bu haqda “Hududgaz poytaxt” matbuot xizmati xabar berdi.
27-noyabr kuni taʼmirlash ishlari sabab Sergeli, Uchtepa va Yakkasaroy tumanlarining belgilangan hududlariga tabiiy gaz yetkazib berilmaydi.
Xususan:
Sergeli tumani (soat 10:00 dan 18:00 gacha)
- Aholi isteʼmolchilari soni: “Oltin vodiy” MFY “Oltin vodiy” koʻchasida 8ta koʻp qavatli uylardagi 380ta xonadon, “Bezakchi” va “Oltin vodiy” 1, 2-tor koʻchalaridagi 230ta yerli xonadon.
Uchtepa tumani (soat 10:00 dan 19:00 gacha)
- Aholi isteʼmolchilari soni: “Sakkokiy” MFYdagi 220 ta yerli xonadon;
- Ulgurji isteʼmolchilar soni: 2 ta.
Yakkasaroy tumani (soat 10:00 dan 18:00 gacha)
- Aholi isteʼmolchilari soni: “Boshliq” mavzesi 16 ta koʻp qavatli uylardagi 1375 ta xonadon;
- Ulgurji isteʼmolchilar soni: 14 ta.
Taʼmirlash ishlari tugatilgandan soʻng, tabiiy gaz taʼminoti qayta tiklanadi.
Yuzaga kelayotgan noqulayliklar uchun gaz taʼminoti filiali isteʼmolchilardan uzr soʻraydi.