O‘zbekistonda yakshanba kuni qanday ob-havo kuzatiladi?


Bugun, 6-iyun kuni kunduzi O‘zbekiston bo‘yicha yog‘ingarchilik kutilmaydi.
Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarida ba’zida 20-25 m/s gacha kuchayishi, chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 36-41°, janubda 44-45° gacha, shimolda 33-38° bo‘ladi.
TelecomTV xizmatiga 7 kunlik bepul kirish imkoniyatiga ega bo‘ling.
Quyidagi tugmani bosing va hoziroq boshlang!

Poytaxtda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi, kunning ikkinchi yarmida 10-12 m/s gacha kuchayishi, ba’zi joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 39-41° bo‘ladi.
Tog‘li hududlarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 30-35° bo‘ladi.