“Sevgi iztirobi”: aktyorlar, rollar va mashhur Burak Ozchivit kabi turk seriali yulduzlarining Instagram sahifalari


“Sevgi iztirobi” – bu 2015-yilda chiqarilgan turk kinematografiyasining fenomeni bo‘lib, butun dunyo bo‘ylab tomoshabinlarni o‘ziga rom etgan serialdir. Uning asosiy jihatlari – dramatik syujet, haddan ortiq cho‘zilib ketmaganligi (serialda 2 ta mavsum va 244 ta qism mavjud), kutilmagan final va, albatta, unutilmas qahramonlar. Quyida “Sevgi iztirobi”ning Kamoldan to Emirgacha aktyorlari va ularning Instagram sahifalari haqida ma’lumot beramiz.
2015-yilning “Sevgi iztirobi” seriali aktyorlari va ularning rollari
Burak Ozchivit (Kamol Soydere)
Turkiyaning eng boy va eng kelishgan aktyorlaridan biri va Kemal rolini ijro etgan Burak Ozchivit, o‘z Instagram sahifasida fotosessiyalar, rafiqasi – aktrisa Fahriye Evjen (ular 2017-yil yozda turmush qurishgan) va ularning o‘g‘li bilan tushgan suratlari bilan bo‘lishadi. Bu go‘zallikdan Burakning 25,5 million kuzatuvchisi zavqlanadi!
Neslihan Atagul (Nixon Soydere)
Neslihan Atagulning Instagram sahifasida 14 milliondan ortiq obunachi bor va bu bejiz emas! Nixon roli orqali mashhurlikka erishgan, Yilning eng chiroyli aktrisasi unvoni sohibasining sahifasi – sayohatlar, ajoyib suratlar, selfilar va sevgilisi bilan tushgan rasmlar manbai.
“Sevgi iztirobi”ni TelecomTV veb-saytida tomosha qiling. Tugmani bosing va 7 kun davomida bepul kirish imkoniyatiga ega bo‘ling.

Kaan Urganjioglu (Emir)
Serialda “yomon yigit” Emir rolini ijro etgan – Kaan Urganjioglu, o‘z hamkasblaridek mashhur emas, ammo shunga qaramay o‘z 2,4 million kuzatuvchilarini qadrlaydi. Serial aktyori Kaan yildan yilga mashhur bo‘lib bormoqda: “Vogue” jurnali uchun fotosessiyalar, yangi film loyihalari va shaxsiy hayoti bilan bo‘lishadi.
Kyurshat Alniachik (Onder Sezin)
Mashhur aktyor o‘z Instagramida filmlar, sayohatlari, ishi, oilasi va turmush o‘rtog‘i haqida hikoya qiladi. Uning Instagram sahifasida atigi 19 mingta obunachisi bo‘lsa ham, har biri o‘zini mashhur film va seriallar yulduziga yaqin his qiladi.
Neshe Baykent (Vildan Sezin)
Yorqin tabassumli aktrisa Neshe katta auditoriya orqasidan quvlamaydi, lekin 100 ming obunachiga yaqinlashmoqda (ishonchimiz komilki, u yil oxirida albatta bu ko‘rsatgichga erishadi). U Instagramda o‘z oilasi, shaxsiy fotosuratlari va qizi bilan tushgan fotosessiyalari bilan bo‘lishadi. Aytishlaricha u mashhur onasiga o‘xsharkan va yaqin kelajakda seriallarda suratga tushishni boshlashi haqida ehtimollar ko‘p.
“Sevgi iztirobi”ni TelecomTV veb-saytida tomosha qiling. Tugmani bosing va 7 kun davomida bepul kirish imkoniyatiga ega bo‘ling.

Zeyno Erajar (Fehime Soydere)
Soyder rolini ijro etgan Zeyno Erajar Instagram sahifasida asosan ish haqida postlar: filmda suratga olish maydonchalari, qizil gilamlar va spektakllardan lavhalar joylashgan. U haqiqiy professional! Albatta uning sahifasida shaxsiy hayoti haqida ham lavhalar bor, ammo juda kam.
Ruzgar Aksoy (Tarik)
Aktyor yaqinda, yangi mavsu boshida 1 million obunachiga erishganini faxr bilan e’lon qildi. Uni bunday yutug‘i bilan tabriklaymiz va bunga aslo hayratlanmaymiz, axir uning sahifasi juda yorqin va qiziqarli tarzda olib boriladi. Unda hamma narsalar: filmdagi yangi rollaridan rafiqasi bilan tushgan suratlarigacha, Istanbul manzaralaridan Londondagi telefon kabinalarigacha mavjud.
Barish Alpaykut (Ozan Sezin)
162 ming kuzatuvchi Barishning hech bo‘lmaganda yiliga bir marta tashqi ko‘rinishidagi ijobiy o‘zgarishlarni kuzatadi. Serial va filmda suratga tushishni yoqtiradigan aktyorning Instagram sahifasi – portretlar, turli joylar va qismlardagi suratlar hamda doimiy imiji o‘zgarishlari haqida.
Hazal Filiz Kyuchyukkose (Zeynep Kozjuoglu)
Latofatli Hazal yoki Zeynep – nafaqat aktrisa, balki mashhur Instagram blogger hamdir. Uning sahifasida 3,3 million obunachi, reklama shartnomalari, filmlarda suratga olish jarayoni va model sifatidagi ajoyib kontenti bor. U yaqinda mashhur Turk model akgentligi bilan bir yilga shartnoma imzolagani bejiz emas.
Zerrin Tekindor (Leyla)
Zerrin Tekindorning Instagram sahifasida 2,2 million kuzatuvchisi bor. U ishi, filmlar, oilaviy suratlari va sevimli itlari bilan tushgan rasmlari bilan bo‘lishadi.
Melisa Asli Pamuk (Asu)
Melisaning homiladorligi eng yaxshi serial “Sevgi iztirobi” (so‘nggi final qismi kabi) muxlislari (navafaqat muxlislari) orasida katta shov-shuvga sabab bo‘ldi. Ammo u bilinib qolgan qorni, hozirda esa o‘z farzandi bilan baxtli onalik lahzalarini Instagramda bo‘lishmoqda.
“Sevgi iztirobi”ni TelecomTV veb-saytida tomosha qiling. Tugmani bosing va 7 kun davomida bepul kirish imkoniyatiga ega bo‘ling.

Gokay Muftyoglu (Solih)
Gokayning sahifasida jiddiy selfilari va ijodiy reelslari joylashgan. Kelishgan bu aktyor qo‘l mehnati bilan yasagan buyumlarini o‘zining 60 mingta obunachilari bilan bo‘lishishni yaxshi ko‘radi.
Ali Burak Jeylan (Tufan Kaner)
Seriallar yulduzi Ali Burak har yilgi sayohatlar, futbol, restoranlar va telefon reklamalari bilan Instagramda mashhur bo‘lib, 1 milliondan ortiq obunachiga ega.
Chagla Demir (Banu Soydere)
Aktrisaning sahifasi – avtomobildagi selfilar, fotosessiyalar va mashhur filmlarning suratga tushirish maydochalaridagi fotolavhalar aralashmasi hisoblanadi. Chagli Demirning mavsumlar va qismlarga ajratilgan Instagram sahifasini 265 ming muxlis kuzatib boradi.
Nixon Ashiji (Yasemin)
Nixon nafaqat filmda suratga tushishni xush ko‘radi, uning Instagram sahifasi yumoristik sketchlar va ijodiy fotosessiyalar bilan to‘la. Shuningdek, oilasi, do‘stlari va 2024-yilda Turkiya bayrog‘i ham asosiy kontentdan o‘rin olgan.
Serialning barcha qismlarini onlayn qayerda ko‘rish mumkin
“Sevgi iztirobi”ni TelecomTV veb-saytida tomosha qiling. Tugmani bosing va 7 kun davomida bepul kirish imkoniyatiga ega bo‘ling.
