верхний кино
РУ
O’Z
UZS
/
/
O‘zbekistondagi Haj mavsumi qachondan boshlanishi ma’lum bo‘ldi
03.05.2025

O‘zbekistondagi Haj mavsumi qachondan boshlanishi ma’lum bo‘ldi

O‘zbekistondagi Haj mavsumi qachondan boshlanishi ma’lum bo‘ldi

Qayd etilishicha, Haj mavsumida 28-maygacha har kuni Saudiya Arabistoniga aviaqatnovlar amalga oshiriladi.

image

Kinolarni bepul ko‘rish imkoniyati!

icon

O‘zbekistondagi 2025-yilgi Haj mavsumi shu yil 13-maydan boshlanadi. Bu haqda musulmonlar idorasi matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, Haj mavsumida 28-mayga qadar har kuni Saudiya Arabistoniga aviaqatnovlar amalga oshiriladi.

Bunda ziyoratchilar mamlakatning 9 ta hududidagi Toshkent, Buxoro, Namangan, Samarqand, Qarshi, Termiz, Urganch, Navoiy va Nukus shaharlaridagi aeroportlar orqali Madina shahriga to‘g‘ridan to‘g‘ri uchadi.

Aviaparvozlar Uzbekistan Airways bilan birga FlyNas va FlyAdeal aviakompaniyalari tomonidan amalga oshiriladi.

Haj tadbirlarini tashkil etish bo‘yicha tayyorgarlik ishlari davom etmoqda. Xususan, ziyoratchilar tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib, ularni emlash ishlari olib borildi.

Guruh rahbarlari va shifokorlar biriktirilib, safar oldidan amaliy mashg‘ulotlar tashkil etildi hamda tegishli hujjatlar rasmiylashtirildi.

Bu qiziq

Kinolarni bepul ko‘rish imkoniyati!
Kinolarni bepul ko‘rish imkoniyati!
Buyurtma qoldiring

Bizning menejerlarimiz yaqin orada siz bilan bog‘lanadi.

Rahmat, arizangiz qabul qilindi.