верхний на лендинг кино
РУ
O’Z
UZS
/
/
Fayzullayev: “Avvalgi sxemada o‘zimni qulayroq his qilardim”
13.03.2025

Fayzullayev: “Avvalgi sxemada o‘zimni qulayroq his qilardim”

Fayzullayev: “Avvalgi sxemada o‘zimni qulayroq his qilardim”

“SSKA” yarim himoyachisi Abbosbek Fayzullayev Rossiya Kubogi yarim finali doirasidagi “Dinamo”ga qarshi bahsdan keyin (2:1) bosh murabbiy Marko Nikolichning yangi taktikasi borasida fikr bildirdi.

image

Kino va seriallarni 7 kun bepul tomosha qiling

icon

Futbolchi yangi taktika bo‘yicha himoyaga ko‘proq yordam berish kerakligi va bu ko‘proq kuch talab qilishini aytdi.

“Avvalgi sxemada o‘zimni qulayroq his qilardim – ko‘proq oldinga o‘tib, markazroqda o‘ynab, hujumda faollik ko‘rsata olardim. Ammo murabbiy menga boshqa uslubda o‘ynashni taklif qildi va bu borada ham o‘zimni sinab ko‘rishim kerakligini aytdi.

Yangi uslubga moslashish uchun vaqt kerak bo‘ldi, endi asta-sekin moslashib boryapman. Hozirda ko‘proq himoyaga qaytishga majbur bo‘lyapman, bu esa ko‘proq kuch talab qiladi,” – dedi Fayzullayev Championat.com nashriga bergan intervyusida.

Ma’lumot uchun, Abbosbek Fayzullayev joriy mavsum Rossiya chempionati doirasidagi 18 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol va 3 ta assist muallifiga aylangan. 

Bu qiziq

нижний на лендинг кино
Buyurtma qoldiring

Bizning menejerlarimiz yaqin orada siz bilan bog‘lanadi.

Rahmat, arizangiz qabul qilindi.