O‘zbekistonliklar Navro‘z munosabati bilan necha kun dam oladi?


Haftasiga 5 kun ishlovchi o‘zbekistonliklar Navro‘z bayrami munosabati bilan ketma-ket 3 kun — 21, 22 va 23-mart kunlarida dam oladi. 6 kun ishlaydiganlar esa 22-martda ishlaydi.
Haftasiga 5 kun ishlovchi o‘zbekistonliklar Navro‘z bayrami munosabati bilan ketma-ket 3 kun dam oladi. Bu Kambag‘allik va bandlik vazirligi tomonidan tasdiqlangan 2025-yilgi ish vaqti taqvimida nazarda tutilgan.
Mehnat kodeksining 208-moddasiga asosan dam olish kuni ishlanmaydigan bayram kuniga to‘g‘ri kelgan taqdirda, dam olish kuni bayramdan keyingi ish kuniga ko‘chiriladi.
Demak, haftasiga 5 kun ishlaydiganlar 3 kun dam oladi:
- 21-mart, juma — Navro‘z bayrami;
- 22-mart, shanba — 5 kunlik ish haftasida ishlovchilar uchun dam olish kuni, 6 kunlik ish haftasida ishlovchilar uchun ish kuni;
- 23-mart, yakshanba — dam olish kuni.
Haftasiga 6 kun ishlaydiganlar uchun faqat juma va yakshanba dam olish kuni bo‘ladi, 22-mart, shanba ish kuni hisoblanadi.
Eslatib o‘tamiz, haftasiga 5 kun ishlovchilar 8-mart — Xotin-qizlar bayrami munosabati bilan ketma-ket 3 kun — 8, 9 va 10-mart kunlarida dam oladi. 6 kun ishlaydiganlar esa 10-martda ishga chiqadi.