Parizoda Dancer: O‘zbekiston yorqin raqqosasining Instagram sahifasi, shaxsiy hayoti va biografiyasi


Iqtidorli boshlovchi, raqqosa va bloger – bularning barchasi O‘zbekistonning eng mashhur qizlaridan biri Parizodaga taalluqli. Uning asl ismi qanday, go‘zallik siri nimada va qanday qilib Instagram’da 4 millionga yaqin obunachiga erishgani haqida quyida bilib olasiz.
Parizoda Dancer: biografiyasi
Tug‘ilgan sanasi: 1987-yil 10 sentyabr
Burji: Sunbula
Tug‘ilgan joyi: Toshkent
Parizodaning asl ismi – Dilnoza Safarova, ammo bu haqda faqat eng sodiq muxlislari bilishadi. Shuningdek, u oiladagi 3 farzandning to‘ng‘ichi ekanligi ma’lum.
Parizodaning o‘zi eslashicha, raqs san’atiga bo‘lgan muhabbati buvisidan boshlangan. Aynan buvisi uni 7 yoshida ilk raqs to‘garagiga olib borgan, so‘ngra chiqishlarida qo‘llab-quvvatlab, sahna liboslarini tikib yoki sotib olib bergan.

Buvisi Parizodaga har doim imkoniyatlarni to‘liq ishga solishni, eng yaxshisi bo‘lishni va hech qachon kichikka qanoat qilmaslikni maslahat bergan. O‘shanda bo‘lajak san’atkor bu saboqni abadiy yodda saqlagan.
Shaxsiy hayoti
2012-yilda muxlislar raqqosa turmushga chiqqanini bilib olishdi. Parizodaning to‘yidan video internetda tarqaldi, u Toshkentning mashhur restoranlaridan birida bo‘lib o‘tgan. Marosim davomida kelin boshqa raqqosalar bilan birga raqsga tushdi va yangi turmush o‘rtog‘i uchun qo‘shiq kuyladi. Bu holat uning turmush o‘rtog‘i yuragini zabt etdi: juftlik hozirgacha baxtli hayot kechirishmoqda va ikki qiz va bir o‘g‘ilni tarbiyalashmoqda.
Parizoda o‘z Instagram sahifasida qizlarini tez-tez ko‘rsatadi – qiziqarli reels’lar suratga oladi va birgalikdagi fotosessiyalarni ulashadi. Foydalanuvchilar izohlarda qizlar mashhur onasining nusxasi ekanligini va kelajakda ular ham mashhur bo‘lishlarini yozishadi. Ular han allaqachon onasi kabi mohirona raqs tushishadi, brendlar uchun fotosessiyalarda ishtirok etishadi va atrofdagilarni xursand qilishadi.
Parizoda Dancer Instagram sahifasi
O‘zbekiston yulduzlari qatorida Parizoda ham Instagram’dagi sahifasini yuritadi: hozirda uning @parizodadancer akkauntida qariyb 4 million obunachi bor. U yerda yulduz o‘z hayoti va oilasi haqida so‘zlaydi, chiqishlari va sayohatlaridan videolar ko‘rsatadi, shuningdek, o‘zining “Parizod” raqs ansambli yangiliklari bilan o‘rtoqlashadi.
Shuningdek, Parizoda ko‘pincha to‘ylar, korporativ tadbirlar va boshqa marosimlarni olib boradi. Yulduzning jadvali juda tig‘iz va deyarli bir yil oldindan rejalashtirilgan.