Yangi cho‘qqi: O‘zbekistonga bir oyda 1,1 million sayyoh tashrif buyurdi


2025-yil may oyi O‘zbekiston turizm tarixida muhim oy bo‘ldi — mamlakatga 1,1 millionga yaqin xorijlik sayyoh keldi. Bu haqda Turizm qo‘mitasining matbuot xizmati ma’lum qildi.
Ushbu ko‘rsatkich shu yilning aprel oyida o‘rnatilgan rekordni yangiladi. O‘shanda ilk bor sayyohlar soni millionlik marrani zabt etgan edi.
TelecomTV xizmatiga 7 kunlik bepul kirish imkoniyatiga ega bo‘ling.
Quyidagi tugmani bosing va hoziroq boshlang!

“Davlat rahbari tomonidan qabul qilingan turizm sohasiga oid Farmon va qarorlar, ayniqsa, vizasiz rejimni kengaytirish, investitsiyalarni jalb qilish hamda xalqaro ko‘rgazmalarda ishtirok etish O‘zbekistonni jahon sayyohlik xaritasida yanada mashhur yo‘nalishga aylantirdi”, — deyiladi qo‘mita bayonotida.
Shuningdek, turizm infratuzilmasini takomillashtirish, xizmatlar darajasini oshirish va yo‘nalishlarni diversifikatsiya qilish orqali O‘zbekistonning xalqaro turizm bozoridagi raqobatbardosh mavqeyini yanada mustahkamlash ustida ishlash davom ettiriladi.