верхний кино
РУ
O’Z
UZS
/
/
PSJ o‘z tarixida ilk bor Chempionlar ligasi g‘olibi bo‘ldi
01.06.2025

PSJ o‘z tarixida ilk bor Chempionlar ligasi g‘olibi bo‘ldi

PSJ o‘z tarixida ilk bor Chempionlar ligasi g‘olibi bo‘ldi

Fransiyaning “Pari Sen-Jermen” klubi Chempionlar ligasi finalida Milanning “Inter” klubini 5:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratib, o‘z tarixida ilk bor turnir g‘olibiga aylandi. Shuningdek, bu hisob turnir finalidagi eng yirigiga aylandi.

image

Kinolarni bepul ko‘rish imkoniyati!

icon

Fransiyaning “Pari Sen-Jermen” (PSJ) klubi Chempionlar ligasi finalida Milanning “Inter” klubini tor-mor keltirdi va o‘z tarixida ilk bor turnir g‘olibiga aylandi. Myunxenda kechgan uchrashuv 5:0 hisobida yakunlandi.

Gollarga Ashraf Hakimi (12-daqiqa) va Dezire Due (21 va 64), Xvicha Kvaratsxeliya (73) va Senni Mayulu (87) mualliflik qildi.

E’tiborli jihati, 5:0 hisobi Chempionlar ligasi / Yevropa Chempionlar kubogi finalidagi yangi rekord hisoblanadi. 1994-yilda “Milan” “Barselona” ustidan 4:0 hisobida g‘alaba qozongandi.

Due ECHL finalida gol+pas qayd etgan eng yosh (19 yoshu 362 kun) futbolchiga aylandi.

Bu PSJ uchun joriy mavsumdagi to‘rtinchi sovrin bo‘ldi. Parij klubi Fransiya chempionati, mamlakat kubogi va Superkubogida g‘olib chiqqandi.

“Inter” yarimfinalda “Barselona”ni chiqarib yuborgandi, PSJ bo‘lsa “Arsenal”ni mag‘lub etgandi.

 

Bu qiziq

Kinolarni bepul ko‘rish imkoniyati!
Kinolarni bepul ko‘rish imkoniyati!
Buyurtma qoldiring

Bizning menejerlarimiz yaqin orada siz bilan bog‘lanadi.

Rahmat, arizangiz qabul qilindi.