Ob-havo maʼlumoti: 23-yanvar kuni -10 daraja sovuq boʻladi
Havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyati
Havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 8-13° sovuq, kunduzi 0-5° sovuq boʻladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlari
Havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 5-10° sovuq, kunduzi 2° sovuq-3° iliq boʻladi.
Toshkent, Sirdaryo, Samarqand va Jizzax viloyatlari
Havo biroz bulutli boʻladi, kechasi va kunduzi baʼzi joylarda qor yogʻadi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 2-7° sovuq, kunduzi 2° sovuq-3° iliq boʻladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari
Havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5° sovuq, kunduzi 3-8° iliq boʻladi.
Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatlari
Havo biroz bulutli boʻladi, kechasi baʼzi joylarda qor yogʻishi mumkun. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 0-5° sovuq, kunduzi 2° sovuq -3° iliq, boʻladi.
Respublikaning togʻli hududlari
Havo biroz bulutli boʻladi, baʼzi joylarda qor yogʻadi, tuman tushishi mumkin. Toshkent va Namangan viloyatlarining togʻli hududlarida qor koʻchish xavfi bor. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkun. Harorat kechasi 10-15° sovuq, kunduzi 5-10° sovuq boʻladi.