“Bashakshehir” Abbosbek Fayzullayev transferi uchun qancha to‘lashni rejalashtirmoqda


O‘zbekiston terma jamoasi va Moskvaning “SSKA” klubi yarim himoyachisi Abbosbek Fayzullayev Turkiya Superligasining kuchli jamoalaridan biri — “Bashakshehir” klubiga o‘tishga juda yaqin turibdi.
Turk matbuoti xabariga ko‘ra, “Bashakshehir” Fayzullayev transferi bo‘yicha moskvaliklar bilan faol muzokaralar olib bormoqda. Klub futbolchi uchun 7,5 million yevro miqdorida to‘lovni taklif qilgan. Yana bir e’tiborli jihat — ushbu summa bir martalik to‘lov tarzida amalga oshiriladi va shartnomaga bonuslar ham kiritilishi mumkin.
TelecomTV xizmatiga 7 kunlik bepul kirish imkoniyatiga ega bo‘ling.
Quyidagi tugmani bosing va hoziroq boshlang!

Eslatib o‘tamiz, 21 yoshli o‘zbekistonlik futbolchi 2023-yilda “Paxtakor”dan “SSKA”ga atigi 500 ming yevro evaziga ko‘chib o‘tgandi. Uning Moskva klubi bilan tuzgan shartnomasi 2026-yil yozida yakunlanadi. Shuning uchun rossiyaliklar uni aynan shu yozgi transfer oynasida sotib yuborishni maqsad qilgan.
O‘tgan mavsumda Abbosbek “SSKA” safida 39 ta uchrashuvda ishtirok etib, 3 ta gol va 8 ta assistga mualliflik qilgan. U Rossiya Premyer Ligasining eng yaxshi yosh futbolchisi deb tan olingan. Transfermarkt portali futbolchining bozor bahosini 8 million yevro atrofida deb ko‘rsatmoqda.