03.11.2025
(yangilandi 03.11.2025)
“Godzilla: Minus bir” filmining sikveli tizerga ega bo‘ldi
Muallif
Shohzamon Shuhratov
Internetda “Godzilla: Minus nol” filmining tizer qismi — “Oskar” mukofotiga sazovor bo‘lgan “Godzilla: Minus bir” blokbasterining davomi e’lon qilindi.
Davom filmining suratga olish ishlari avgust oyi oxirida boshlandi. Filmdagi bosh rollarga Ryunoske Kamiki va Minami Xamabe qaytishdi.
Rejissyorlik vazifasini yana Takasi Yamazaki bajarmoqda. Ikkinchi qism voqealari o‘tmishda kechadi. Film 2026-yilda jahon kinoekranlariga chiqadi.
“Godzilla: Minus bir” urushdan keyingi Yaponiyaga ulkan maxluqning hujumi haqida hikoya qiladi. Film 100 million dollardan ortiq daromad keltirdi.