Верхний
РУ
O’Z
UZS
/
/
Abduqodir Husanov “Man Siti” tarkibida “Real Madrid”ga qarshi maydonga tushadimi?
18.02.2025

Abduqodir Husanov “Man Siti” tarkibida “Real Madrid”ga qarshi maydonga tushadimi?

Abduqodir Husanov “Man Siti” tarkibida “Real Madrid”ga qarshi maydonga tushadimi?

Oʻzbekistonlik futbolchi Abduqodir Husanov “Nyukasl”ga qarshi bahsda ilk bor “Manchester Siti” safida toʻliq 90 daqiqa harakatlanib, ishonchli oʻyin koʻrsatdi.

image

Ushbi mavsumda Sharm al-Shayxga

icon

Uning ertangi “Real Madrid”ga qarshi oʻyinga tushish-tushmasligi ham muhokamalarga sabab boʻlmoqda. Biz ChatGPTʼdan bu haqda soʻrab koʻrdik.

Sunʼiy intellekt javobiga koʻra, Husanovning “Real Madrid”ga qarshi 19-fevral kungi qarshi oʻyinda maydonga tushishi ehtimoli bor. Yaqinda u “Leyton Oriyent”ga qarshi oʻyinda asosiy tarkibda maydonga tushib, yaxshi natija koʻrsatgan edi.

Shuningdek, “Manchester Siti” bosh murabbiyi Xosep Gvardiola Husanovning jamoaga tez moslashganini va uning potensialini yuqori baholaganini taʼkidlagan.

Biroq baʼzi nashrlar “Real Madrid”ga qarshi oʻyinda Husanovning ismi keltirilmagan taxminiy tarkiblarni eʼlon qilgan. Shu sababli, uning maydonga tushishi borasida aniq xulosa qilish qiyin.

Chatbot, bundan tashqari, futbolchining “Nyukasl”ga qarshi oʻyindagi ishtirokini ham baholadi. Uning qayd etishicha, Abduqodir Husanovning matchdagi oʻyinini ijobiy baholash mumkin. U toʻliq 90 daqiqa maydonda harakat qilib, himoyadagi vazifasini yaxshi bajargan.

Husanov birga-bir vaziyatlarda agressiv oʻynadi, toʻp bilan aniq muomala qildi va jamoaviy pressingda faol ishtirok etdi.

Gvardiola ham uning potensialini yuqori baholab, ayniqsa tezligi va qaror qabul qilish qobiliyatini rivojlantirish zarurligini taʼkidladi. Bu yosh futbolchi uchun muhim tajriba boʻldi va u “Manchester Siti” safida kelajakda yanada koʻproq imkoniyatga ega boʻlishi mumkin.

Buyurtma qoldiring

Bizning menejerlarimiz yaqin orada siz bilan bog‘lanadi.

Rahmat, arizangiz qabul qilindi.