верхний кино
РУ
O’Z
UZS
/
/
“Roma” APL klubi murabbiyi bilan shartnoma imzolamoqchi
22.05.2025

“Roma” APL klubi murabbiyi bilan shartnoma imzolamoqchi

“Roma” APL klubi murabbiyi bilan shartnoma imzolamoqchi

“Roma” klubi joriy mavsum yakunida jamoani tark etadigan Klaudio Ranyerining o‘rniga yangi bosh murabbiy izlamoqda. Relevo nashrining xabar berishicha, bu lavozimga asosiy nomzodlardan biri — “Nottingem Forest” ustozi Nunu Eshpiritu Santu bo‘lib turibdi.

image

Kinolarni bepul ko‘rish imkoniyati!

icon

Ma’lumotlarga ko‘ra, rimliklar allaqachon mutaxassis bilan bog‘langan va unga ikki yillik shartnoma taklif qilgan. Shuningdek, klub rahbariyati unga kelajakdagi ambitsiyali loyihaning bir qismi bo‘lishini va’da qilmoqda. Mazkur loyiha doirasida jamoa Italiya futbolida yuqori o‘rinlar uchun kurasha olishi taxmin qilinmoqda.

Mavsum yakuniga bir tur qolganida “Roma” A Seriyada 5-o‘rinni egallab turibdi (66 ochko). Jamoada Yevropa Chempionlar Ligasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritish uchun imkoniyat saqlanib qolgan. Buning uchun “bo‘rilar” navbatdagi turda g‘alaba qozonishi, shuningdek, parallel o‘tadigan bahsda “Yuventus” ochko yo‘qotishi kerak.

Bu qiziq

Kinolarni bepul ko‘rish imkoniyati!
Kinolarni bepul ko‘rish imkoniyati!
Buyurtma qoldiring

Bizning menejerlarimiz yaqin orada siz bilan bog‘lanadi.

Rahmat, arizangiz qabul qilindi.