Rossiyada mashhur “Sevgi iztirobi” turk serialining mahalliy talqini suratga olinadi


“Sevgi iztirobi” (Kara sevda) turk seriali dunyo boʻylab eng mashhur serial loyihalari roʻyxatiga kirgan. Aytish joizki, aynan shu koʻp qismli asar Turkiyada birinchi boʻlib “Emmy” mukofotini qoʻlga kiritishga muvaffaq boʻlgan.
“Qalb eshigimni qoq” serialining ruscha versiyasidan soʻng, rossiyalik kinoijodkorlar yana bir mashhur loyihani qayta suratga olishga qaror qilishdi. NORM Production kompaniyasi “Sevgi iztirobi” serialini adaptatsiyasi bilan shugʻullanadi.
Mazkur remeyk haqida hozircha hech qanday maʼlumot yoʻq. Biroq, birinchi mavsumning 85 qismdan iborat boʻlishi va uning premyerasi 2026-yildan oldin boʻlmasligi maʼlum.
Original (turk) versiyasida bosh rollarni Burak Oʻzchivit, Neslihan Atagul va Kaan Urgʻanchioʻgʻli ijro etishgan. Rossiya yulduzlardan kimlar ularning oʻrnini egallashi hali nomaʼlum. Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari Oʻzchivit yana Kamal roliga qaytishi mumkinligi haqida hazillashmoqda, chunki u ilgari ham rossiyalik kinolentalarida suratga tushgan.