28.09.2025
Bloger Dilime o‘zining Porsche avtomobilini 30 metr balandlikdan tashlab yubordi


Muallif
Shohzamon Shuhratov
Mashhur bloger Dilime qiymati 700 million so‘mlik Porsche Taycan elektromobilini 30 metr balandlikdan pastga tashladi.
U ushbu videoni o‘zining Instagram sahifasida e’lon qilib, obunachilari orasida katta shov-shuvga sabab bo‘ldi.
Shuhrat qozonish yo‘lida Dilime hamma narsaga tayyor ko‘rinadi — ilgari ham u o‘z mashinasiga o‘t qo‘ygandi. Ko‘pchilik odamlar zo‘rg‘a kun kechirayotgan bir paytda, blogerning ko‘rishlar soni uchun qimmatbaho mulkni yo‘q qilayotganini ko‘plar ta’kidlashdi.
Tanqidlarga qaramay, Dilime salbiy fikrlarga e’tibor bermay, bunday turdagi kontent yaratishni davom ettirmoqda.