2024-yil dekabr oyida katta syurprizga ega boʻladigan burjlar maʼlum qilindi
Yangi yil sovgʻasini boshqalardan oldinroq olishga tayyormisiz? Dekabr eshigimizni taqillatmoqda va aynan shu paytda burjning uch belgisi yulduzlardan kutilmagan sovgʻa oladi.
Dekabr — eng sehrli oy, chunki Yangi yil arafasida hatto ashaddiy shubhakorlar ham moʻjizalarga ishona boshlaydi. Ha, baʼzida aynan shu ishonch bizga hayot ogʻriqli zarbalar bergan paytlarda bardosh berishga yordam beradi. Ayni vaqtda burjning uchta belgisi bu davrda yulduzlardan qoʻshimcha imtiyoz olishi mumkin. Toʻgʻri, omadlilar roʻyxati unchalik uzun emas, lekin agar unda siz boʻlmasangiz ham, xafa boʻlishga hojat yoʻq. Qorbobo hech kimni chetda qoldirmaydi, faqat baʼzilar biroz oldinroq va koʻproq omadga erishadi😉
Tarozi
Pragmatik va xotirjam Tarozi nihoyat oʻzining ijodiy va gʻayrioddiy shaxsiyatini namoyish etishga tayyor. Nima deyishimiz mumkin? Harakat qiling, aynan shu tufayli siz koʻpdan beri kutayotgan yulduzlardan kutilmagan sovgʻani olishingiz mumkin. Agar taniqli boʻlishni va ommaviylikka erishishni xohlasangiz, 2024-yil dekabr sizga shunday imkoniyatni taqdim etadi. Nihoyat, oʻz salohiyatingizni toʻliq namoyon etish uchun atrofdagilarningiz takliflariga dadillik bilan rozi boʻling.
Yangi sevimli mashgʻulot shaxsiyatingizning siz hatto bilmagan qirralarini ochishga yordam beradi. Asosiy “sovgʻa” esa oxir-oqibatda oʻz koʻngilxushligingizni daromad manbaiga aylantirishingizdir. Sevimli mashgʻulotingizni ishga aylantirsang, bir kun ham ishlamaysan deyishadi. Siz aynan shunga intilishingiz kerak.
Oʻqotar
2024-yil dekabr oyida siz uchun katta syurpriz nima boʻlishini bilasizmi? Eski “men”ing bilan uzil-kesil xayrlashishga va tanib boʻlmas darajada oʻzgarishga qaror qilishinginzdir. Atrof-muhit, qiziqishlar, ishning oʻzgarishi... Hamma narsa shiddat bilan sodir boʻladi va siz oʻzingizga tanish boʻlgan turmush tarzidan voz kechishga qaror qilganingizdan oʻzingiz ham hayratlanasiz. Toʻgʻri, yulduzlar voqealar rivojini shoshirmaslikni maslahat beradi. Oʻzgarishlar yaxshi, albatta, lekin hamma koʻpriklarni yondirib yuborishni maslahat bermaymiz.
Bunday qarorga oʻtmishingizdagi munosabatingiz yaxshi boʻlmagan biror odam turtki berishi ehtimoldan xoli emas. U sizga sodir boʻlayotgan voqealarni idrok etishingni butunlay oʻzgartirib yuboradigan sirni ochib beradi. Bu maʼlumot bilan nima qilish — bu oʻzingizga bogʻliq. Lekin yulduzlar shoshilmaslikni maslahat beradi, shoshqaloqlik sizga dushman boʻlishi mumkin.
Qovgʻa
Agar siz bir joyda oʻtirib qolgan boʻlsangiz va hayotingiz zerikarli odatga aylanganini tez-tez oʻylasangiz, yulduzlar sizi hayratga soluvchi sovgʻa tayyorlagan. Toʻgʻri, u Oʻqotarlar kabi boʻladi: rejalashtirilmagan va juda tasodifiy sayohatga borishga toʻgʻri keladi. Ammo bunday oʻzgarish anchadan beri zarurat edi, shuning uchun eʼtiroz bildirmay, rozi boʻling. Yangi kalendar yiliga yangi kuchlar bilan kirish uchun siz yangilanishingiz kerak. Togʻlarni zabt etish boʻladimi yoki gastronomik sayohat boʻladimi, baribir mamnun boʻlasiz.
Darvoqe, bu qisqa sarguzasht paytida kim bilan hamroh boʻlishingizga eʼtibor bering. Bu odam taqdirning yana bir tuhfasi boʻlishi mumkin, hatto bungacha siz juda yaqin boʻlmagan yoki yetarlicha muloqot qilmagan boʻlsangiz ham. Atrofingizdagi odamlar dunyoni qanday qabul qilishingizga juda kuchli taʼsir koʻrsatadi. Keyingi paytlarda u xiralashib qolgandek tuyulsa, nimanidir oʻzgartirishingiz kerak.