24.08.2025
Shov-shuvli chiqishlari bilan tanilgan xonanda Nasafiy uylandi


Muallif
Shohzamon Shuhratov
O‘zbek estradasining eng yorqin vakillaridan biri bo‘lgan xonanda Nasafiy shaxsiy hayotida muhim qadam tashladi. U sevgilisi bilan rasmiy nikohdan o‘tdi.
Nikoh qayd etish marosimi tantanali sharoitda o‘tkazildi. Kelin-kuyov birga kirib kelib, qarorlarini tasdiqlash uchun FHDY xodimiga yaqinlashishdi. Ularga munosabatlarini rasman mustahkamlovchi nikoh guvohnomasi topshirildi.
Barcha zarur rasmiyatchiliklar tugagach, yangi oila a’zolari qo‘l ushlashgan holda zaldan chiqib, birgalikda yangi hayotiga qadam qo‘yishdi.
Hozircha san’atkor shaxsiy hayoti tafsilotlarini oshkor qilishni istamayapti, uni begonalardan uzoqroq saqlashni afzal ko‘rmoqda, deb yozmoqda nashrlar.