РУ
O’Z
UZS
/
/
Qanday qilib sochlarni o‘stirish mumkin: Rapunzelniki kabi soch o‘rimini xohlovchilar uchun 10 ta sir. Yana ipak jildli yostiqcha va 1000 dollargacha soch o‘stirish haqidagi barcha haqiqat
24.10.2024

Qanday qilib sochlarni o‘stirish mumkin: Rapunzelniki kabi soch o‘rimini xohlovchilar uchun 10 ta sir. Yana ipak jildli yostiqcha va 1000 dollargacha soch o‘stirish haqidagi barcha haqiqat

Qanday qilib sochlarni o‘stirish mumkin: Rapunzelniki kabi soch o‘rimini xohlovchilar uchun 10 ta sir. Yana ipak jildli yostiqcha va 1000 dollargacha soch o‘stirish haqidagi barcha haqiqat

Sochlaringizni kare rusumida kestirib, afsuslandingiz va sochingiz uzunligini qaytarmoqchimisiz? Xalq niqoblari, vitaminlar va buvijonlar maslahatlari yordamida ham sochingizni o‘stira olmayapsizmi? Albatta, siz ayyorlik qilishingiz va soch o‘stirishga borishingiz mumkin, lekin hamma narsa “odamlardagi” kabi tabiiy bo‘lishini xohlaysiz-da. Chunki oy taqvimi bo‘yicha soch kestirish, ipak yostiqchada uxlash yoki shunchaki sochlardan orqada qolish orqali tabiiy usulda sochni o‘stirishmi? Ko‘rib chiqamiz.

Sochlarning o‘sishiga qancha vaqt ketadi va ularning uzunligiga chegara bormi?

Hammasi o‘ziga xos va naslga bog‘liq. Agar sizning avlodingizda hech kimning sochi taqimini o‘pmagan bo‘lsa, buning iloji yo‘q. Hatto siz suv parilaridan bo‘lsangiz ham, bu jarayonga uzoq vaqt ketadi. Sochlar oyiga o‘rtacha 1 santimetrdan o‘sib, bu kimdadir tezroq, kimdadir sekin kechadi. Sochlarning o‘sishiga gormonal muolaja yordamida tashqaridan ta’sir qilish mumkin, ammo tibbiy ko‘rsatmalarsiz buni amalga oshirish kerak emas. Siz nojo‘ya asoratlarga duchor bo‘lishingiz mumkin.

Sochlarni qanchalik tez-tez yuvish va qanday shampunlardan foydalanish kerak?

Sochlarni ular talab qilganidek tez-tez yuvib turish kerak. Sochlar parvarishi bo‘yicha zamonaviy vositalar tarkibida - ayniqsa, sulfatsiz shampunlarda sochlarga zarar yetkazishi va yog‘ bezlari ishiga ta’sir qilishi mumkin bo‘lgan agressiv tarkib mavjud emas.

Sulfatsiz shampunlarning afzalliklari orasida: allergiyaga qarshi tarkib va yengil tarkiblar (keratin va bo‘yoqni yuvib yubormaydi) bor. Ularni soch parvarishida muhim hisoblangan tozalovchi vositalar bilan almashtirib turing, bu soch to‘kilishining oldini olishda muhimdir.

Qanday qilib boshni to‘g‘ri yuvish mumkin?

  • Sochlaringiz bir kun o‘tib sumalakka aylanishini istamasangiz, issiq suvdan voz keching va sovuq suvdan foydalaning.
  • Shampunni ikki marta va faqat ildizlarga surting. Takror shampundan keyin yuvib tashlashni unutmang.
  • Soch uzunligi uchun ildizdan oqib tushadigan ko‘pikli suv yetarli bo‘ladi. Agar shampun soch uzunligi bo‘ylab surtilsa, uning uchlari qurib qolishi mumkin.
  • Soch uchlari va uzunligiga balsam yoki konditsioner surting. Ammo yana takror aytamiz, ildiziga emas! Sochlarni tabiiy usulda yoki fen bilan (stayler bilan emas) quritgan ma’qul. Uni boshdan 15-20 sm masofada ushlab turing va quritishni sovuq rejimda yakunlang.

Sochlar to‘kiladi - nima qilish kerak, buni davolash yo‘li bormi?

Agar sochlaringiz muammosiz o‘ssa va tizimda to‘satdan uzilish yuz berisa, vahima qilmasdan uning sababini izlang. Kimdadir bu kasallik: O‘RVI, gripp va koronavirusdan keyin, kimdadir gormonal buzilish va hatto dori-darmonlarni qabul qilish tufayli sodir bo‘ladi.

Sochlar stress, uyquga to‘ymaslik, shuningdek, avitaminoz tufayli ham to‘kilishi mumkin. Ekstremal parhezlarda ayniqsa ehtiyot bo‘lish kerak. Siz va sizning sochlaringiz – bu iste’mol qiladigan taomingizdir! Agar barcha tanqisliklarni yopib, to‘g‘ri ovqatlanishni boshlasangiz va tinchlansangiz, sochlaringizning normal o‘sishi tiklanadi, to‘kilishi esa to‘xtaydi. Agar bunday bo‘lmasa, bu trixologga yozilish vaqti kelganini bildiruvchi qo‘ng‘iroq bo‘ladi.

Sochlarning o‘sishiga nima yordam beradi - qo‘llanma

Sochlarni niqoblar bilan oziqlantiring va namlang

Bu sochlar sog‘lom va chiroyli ko‘rinishi uchun kerak. Agar do‘kon niqobini qanday tanlashni bilmasangiz, uni soch turi va o‘z ehtiyojlaringizga qarab tanlang. Quruq sochlar uchun intensiv namlovchi, ingichka sochlarga - oziqlantiruvchi niqob mos keladi. Ularning tarkibiga e’tibor bering va agressiv ingredientlar, sulfatlar va parabenlardan saqlaning. Agar niqob tarkibida tabiiy moylar (kokos, argon), vitaminlar va protein bo‘lsa, uni albatta xarid qiling.

O‘rta segmentdagi sochlar uchun L’Oreal, Kerastase, Davines brendlari eng yaxshi soch niqoblari hisoblanadi. Shuningdek, siz sartaroshingiz bilan ham maslahatlashishingiz mumkin. U sochingiz DNKsini biladi va sizga hamyoningiz ko‘taradigan professional parvarishni tanlashga yordam beradi.

Agar siz xalqona retseptlar tarafdori bo‘lsangiz va qo‘ni-qo‘shni buvingiz, onangizning maslahati bilan yashasangiz, shuningdek, tejamkor bo‘lishni istasangiz, unda uyda tayyorlangan soch niqoblarini ham sinab ko‘rishingiz mumkin. Bunga asal, kokos moyi va banan, zaytun moyi va tuxum sarig‘i yoki boshqalarni  misol qilib ko‘rsatish mumkin. 

Soch uchun moylardan foydalaning

Soch uchun moylar - sochlarini mustahkamlash va tiklashni, bu bilan esa ularni o‘sishga majburlovchilar uchun topilma. Shuningdek, ular sochlarni yanada itoatkor qilishga yordam beradi va shikastlanishdan himoya qiladi.

Sochlar parvarishida ishlatilishi mumkin bo‘lgan moylarning ko‘plab turlari mavjud. Kokos yog‘i intensiv ravishda namlaydi, argan yog‘i soch uchining sinib tushishiga qarshi kurashishga yordam beradi, kanakunjut moyi esa soch o‘sishini rag‘batlantiradi.

Yog‘ni qanday qilib to‘g‘ri surtish kerak? Yaxshi samara berishi uchun moy biroz nam sochlarga uchlaridan boshlab yuqoriga qarab surtiladi. Soch ildizlariga, ayniqsa sochingiz yog‘li bo‘lsa, moy surkamang. Maksimal, “sehrli” ta’sirga erishish uchun niqobni tun bo‘yi yoki hech bo‘lmaganda bir necha soatga qoldiring.

Doimiy ravishda boshni uqalab turing

U qon aylanishini yaxshilaydi va vitaminlar o‘z maqsadiga - follikulalarga erishishi, sochlar esa o‘sishni faollashtirishda signal olishi uchun hamma narsani qiladi. Boshni yog‘larda uqalash muolajasini xotirjam holda qo‘lda ham, intensiv ravishda gadjetlarda  ham amalga oshirish mumkin.

Soch aktivatorlaridan ehtiyot bo‘ling

Soch o‘sishini faollashtiruvchi vositalardan foydalanishdan oldin ushbu mahsulot sizga mos kelishini aniqlashga yordam beradigan trixolog bilan maslahatlashish tavsiya etiladi. Shuningdek, aktivator tarkibini o‘rganing. Faqat diqqat bilan!

Soch aktivatorlarining nojo‘ya ta’sirlari: ayrim vositalar tarkibida allergiyani qo‘zg‘atuvchi, bosh terisini yallig‘lovchi kimyoviy komponentlar bo‘lishi mumkin.

Fen va staylerlardan voz keching

Fen, dazmol va ploykadan tez-tez foydalanish sochlar holatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Sog‘lom sochlarni o‘stirish uchun yuqori harorat ta’sirini kamaytirish lozim.

Sochni tabiiy usulda quritish va turmaklash maqbul usul hisoblanadi (hech bo‘lmaganda haftada ikki marta), shunda siz sochlaringizga dam bergan bo‘lasiz. Bu sochlardagi namlikni saqlab qolishga yordam beradi va sizga sochingizning yaroqsiz holga kelgan uchlarini yana kesishingizga hojat qolmaydi.

Sochingiz uchun issiqlik himoyasidan foydalaning

Issiqlikdan himoya sochlarni shikastlanishdan himoya qilishda ayniqsa, agar siz uzoq vaqtdan beri staylerlardan foydalanayotgan bo‘lsangiz, juda muhimdir.

Termohimoya vositalarini tanlashda uning tarkibiga e’tibor bering: u spirtdan xoli va namlovchi komponentlarga ega bo‘lishi kerak. Issiqlik himoyasini himoyalovchi to‘siq yaratish issiqlik ta’sirni kamaytirish maqsadida hatto fenni ishlatishdan oldin ham biroz nam sochlarga surting.

Tresemme Thermal Creations Heat Tamer, Kerastase Ciment Thermique va L'Oreal Paris Heat Protectant Spray va boshqalar bugungi kunda sochlar uchun mashhur issiqlikdan himoya vositalari hisoblanadi.

Sochni sochiq bilan o‘rashni to‘xtating

Ko‘pchiligimiz sochlarimizni yuvgach sochiq bilan o‘rashga o‘rganganmiz, ammo bu sochlaringizni nobud qilishi mumkin.

Yuvilgan sochlarga sochiq o‘rashning zarari shundaki, sochiqning ishqalanishi, agar siz dag‘al materiallardan foydalanayotgan bo‘lsangiz, sochlar sinishiga va shikastlanishiga olib kelishi mumkin. Bu ma’lumotlar, birinchi navbatda, ingichka va zaiflashgan tolali sochlar uchun muhimdir.

Muqobil usul sifatida mikrofibrali sochiq yoki (juda bo‘lmasa) eski paxtali sochiqdan foydalanish mumkin.

Endi esa diqqat qiling: sochni ishqalamasdan, balki matoni sekin bosib quritamiz, keyin esa ularni o‘z holiga qo‘yamiz. Bu yog‘i sizning tabiatingizga bog‘liq.

Sochingiz ho‘lligicha yotmang

Nam sochlar bulan uxlashga yotish, ayniqsa, sochingizni o‘stirishni xohlagan bir paytda aqlli fikr emas.

Nima uchun bu zararli? Ho‘l sochlar nisbatan mo‘rt va shikastlanishga moyil bo‘ladi. Bundan tashqari, yuqori namlik tufayli bosh terisining zamburug‘li infeksiyalariga yo‘l ochiladi. Klassik uslubga ko‘ra, nam sochlar ayniqsa siz hayajonlantiruvchi yoki qo‘rqinchli tushlar ko‘rayotganingizda ko‘proq chigallashib ketadi. 

Yostiq jildini almashtiring

Materiallarning sochlarga ta’siri – garchi mazkur band ham trendga aylangan bo‘lsa-da, bu hazil emas. Va bu ipak yostiq jildidagi uyqudir. Undan haqiqatan ham foyda bor, lekin u qadar ko‘p emas. Agar bunga qurbingiz yetsa – sizni qo‘llab-quvvatlaymiz. Ipak yostiq jildi sochni sindirmaydi va shikastlamaydi. 

Ammo siz ipak soch o‘sishiga qanday ta’sir qilishini so‘rasangiz, biz hech qanday, deb javob beramiz. Yuz terisi bilan esa ancha murakkab: ayrim hollarda ipak yostiq jildi husnbuzar va teridagi boshqa muammolar uchun profilaktika bo‘lishi mumki.

To‘g‘ri va to‘yimli ovqatlaning

Bu bandni “sizning Kepingiz” degan imzo bilan birinchi o‘ringa olib chiqish mumkin edi. Oqsilga asoslangan muvozanatli ovqatlanish ratsioni – sochlaringizga yoqadi. Agar siz ularni kechadan o‘stirishni xohlagan bo‘lsangiz, tezda muzlatkichni go‘sht mahsulotlari (sosiska bilan emas) bilan to‘ldiring, tuxum va foydali yog‘larga zo‘r bering. Bular qizil baliq, avokado, yong‘oq va o‘simlik moylari bo‘lishi mumkin. Va bu yerda sizga nafaqat sochingiz, balki butun tanangiz rahmat deydi.

Soch o‘stirishda soch uchlarini qanday kesish kerak? Umuman olganda bu kerakmi?

Sochni o‘stirish uchun siz muntazam ravishda sartarosh huzurida bo‘lishingiz kerak, degan afsona mavjud. Aytishlaricha sochning kesilishi uning o‘sishiga yordam berar emish. Hamma gap shundaki, soch kestirish uning o‘sishiga aslo ta’sir qilmaydi. Uning tomonida bo‘lgan yagona (va asosli) dalil – tartibli soch turmagidir. Ammo bu yerda ham layfxak bo‘lib, agar siz sochlaringiz uchini kamroq kestirmoqch bo‘lsangiz, fen va staylerlardan voz keching. Shunda istalgan soch uzunligiga tezroq erishasiz.

Oy taqvimi bo‘yicha soch kestirish - haqiqatmi yoki afsona?

Bizning sevimli ruknimiz: astrologiya olamidan haqiqat va afsonalardir. Kattalashayotgan oyga qarab soch oldirish ularni sog‘lomroq, chiroyliroq va uzunroq qiladi (sizni esa baxtliroq va boyroq qiladi), degan fikr shunchaki afsona. Lekin unga Tiktok va Instagram foydalanuvchilari, shuningdek, qiziquvchan ikishilar (Google qidiruviga ko‘ra) haqiqatan ham ishonishadi, ammo tajribali mutaxassislar bu haqda nima deyishadi? Aksariyat stilistlar buning  “ahmoqona gap” ekanligi xususidagi fikr bildirishadi, kimdir buni ish jarayonidagi voqea desa, boshqa birov esa kulib, mijoz xotirjam bo’lishi uchun bunga ko‘nib qo‘ya qoladi. Axir mo‘jizaviy shifo ta’sirini hech kim bekor qilmagan-ku! 

Sochlarni o‘stirish - ertagayoq sochlari *uzun bo‘lishini xohlovchilar uchun. Bu maqbul yechimmi yoki xatolik?

Uzun sochlar doimo urfda va agar siz mo‘jiza kutib, charchagan bo‘lsangiz (ha, haftalar yetarli emas), unda soch o‘stirish bo‘yicha usta huzuriga borishga to‘g‘ri keladi. Bu usulga Gollivud yulduzlari, modellar, blogerlar va boshqa tabloid “xonimi oliyalari” murojaat qiladi. Xo‘sh, bizning qayerimiz kam?

Soch o‘stirish studiyasini aql va fikr-mulohazalarga qarab tanlang: u yerda haqiqiy soch tolalaridan foydalanish kerak, zulflar esa sizning tabiiy sochlaringizga (rangi, tuzilishi) mos kelishi lozim. Ammo bunda ham agar sochlar butunlay “jonsiz” bo‘lsa, to‘kilib ketishi va aziyat chekishi, ularni davolashri keladiga to‘g‘ri keladi. Demak, yana sabr qilishingiz kerak bo‘ladi.

Sochni o‘stirishning salbiy tomonlari: bu avvalo muolajaning qimmatligidadir. Biz Toshkentdagi soch o‘stirish salonlarining narxini o‘rganib, shunday xulosaga keldik. Agar siz Rapunzelning sochlariga o‘xshagan uzun sochni xohlasangiz, u holda buning 500 dan 1 000 dollargacha (agar oliy darajadagi xizmatni xohlasangiz) to‘lashingiz zarur bo‘ladi. Soch o‘stirgandan keyin ham ular o‘sishi va ikki oydan so‘ng ularni tuzatish talab qilinishini ham unutmang -u ham yana pul turadi.