верхний кино
РУ
O’Z
UZS
/
/
Souslar: salat, pasta va boshqa taomlar uchun eng mashhur retseptlar
21.05.2025

Souslar: salat, pasta va boshqa taomlar uchun eng mashhur retseptlar

Souslar: salat, pasta va boshqa taomlar uchun eng mashhur retseptlar

Sous – bu shunchaki taomga qo‘shimcha emas, balki oddiy taomni oshpazlik mo‘jizasiga aylantira oladigan sehrdir. Yangi salatmi, xushbo‘y pastami yoki shirador steykmi – to‘g‘ri tanlangan sous ta’mni yanada yorqin, to‘yingan va uyg‘un qiladi. Quyidagi maqolada uyda o‘zingiz oson tayyorlashingiz mumkin bo‘lgan va turli taomlarga mos keladigan 5 ta eng mashhur sous retseptini jamladik.

image

Kinolarni bepul ko‘rish imkoniyati!

icon

“Sezar” – salatlar uchun klassik sous

Qanday taomlarga mos keladi: “Sezar” salati, tovuq filesi, tuxumli tostlar.

Заправка к салату «Цезарь»

Masalliqlar:

  • 1 dona tuxum sarig‘i
  • 1 ch.q. Dijon xantali
  • 1 ch.q. limon sharbati
  • 1 ch.q. anchous pastasi (mayda to‘g‘ralgan anchous solish ham mumkin)
  • 100 ml zaytun moyi
  • 1 dona sarimsoq tishchasi
  • Tuz, murch – ta’bga ko‘ra
  • Qirg‘ichdan o‘tkazilgan parmezan (ixtiyoriy)

Tayyorlanishi: Tuxum sarig‘ini xantal, limon sharbati va anchous pastasi bilan aralashtirib ko‘pirtiramiz. Zaytun moyini asta-sekin qo‘shib, to‘xtamay silliq kremga o‘xshash massaga aylanguncha uramiz. Ezilgan sarimsoq, tuz va murch solamiz. Xohishga ko‘ra, ozgina parmezan qo‘shib yanada boy ta’mli sousga ega bo‘lish mumkin.

“Alfredo” – pastalar uchun yumshoq va qaymoqli sous

Qanday taomlarga mos keladi: pasta, tovuq, brokkoli.

Соус Альфредо: рецепт классический от Шефмаркет

Masalliqlar:

  • 200 ml qaymoq (20% va undan yuqori yog‘likda)
  • 30 g sariyog‘
  • 2-3 osh qoshiq qirg‘ilgan parmezan
  • Tuz va maydalangan oq murch – ta’bga ko‘ra
  • Bir chimdim muskat yong‘og‘i (ixtiyoriy)

Tayyorlanishi: Sariyog‘ni past olovda eritib, qaymoqni qo‘shamiz va biroz qizitamiz. Doimiy aralashtirib turgan holda, pishloqni asta-sekin silliq sous hosil bo‘lguncha qo‘shamiz. Tuz, murch va muskat qo‘shib ta’mini yanada boyitamiz. Dasturxonga issiq holda tortamiz.

Guakamole – Meksika klassikasi

Qanday taomlarga mos keladi: nachos, tost, burrito, salatlar.

Гуакамоле

Masalliqlar:

  • 2 ta yetilgan avakado
  • 1 dona pomidor
  • 1/2 dona qizil piyoz
  • 1 dona laym sharbati
  • Biroz kashnich (ixtiyoriy)
  • Tuz, murch
  • Chili qalampiri (ta’bga ko‘ra)

Tayyorlanishi: Avakadoni vilka bilan ezib pyure holatiga keltiramiz. Mayda to‘g‘ralgan pomidor, piyoz, kashnich va chili qalampirini qo‘shamiz. Laym sharbatini siqib, tuz va murchni ham solamiz. Yaxshilab aralashtiramiz va ajoyib ta’mga ega sous tayyor!

Klassik “Barbekyu” sousi

Qanday taomlarga mos keladi: grilda pishgan go‘sht, burgerlar, pechda pishirilgan qovurg‘alar.

Соус барбекю

Masalliqlar:

  • 1 stakan tomatli ketchup
  • 2 osh qoshiq olma sirkasi
  • 1 osh qoshiq asal
  • 1 osh qoshiq soya sousi
  • 1 ch.q. dudlangan paprika
  • Bir chimdim chili kukuni
  • 1 dona sarimsoq (maydalangan)

Tayyorlanishi: Barcha masalliqlarni kastryulkaga solib, qaynash darajasiga keltiramiz. So‘ng olovni pasaytiramiz va 10-15 daqiqa davomida qaynatib, sous biroz quyuqlashguncha pishiramiz. Sovutilgan holatda dasturxonga uzatamiz.

Yogurt-sarimsoqli sous – yengil va universal

Qanday taomlarga mos keladi: sabzavotlar, kartoshka, shaurma, tovuq.

Йогуртовый соус с чесноком и майонезом

Masalliqlar:

  • 150 g tabiiy yogurt (qoshimchasiz)
  • 1-2 dona sarimsoq tishchasi
  • 1 ch.q. limon sharbati
  • Tuz, qora murch
  • Biroz ukrop yoki petrushka

Tayyorlanishi: Sarimsoqni mayda qirg‘ichdan o‘tkazib, yogurt bilan aralashtiramiz. Limon sharbati, tuz va murch solamiz. Xohishga ko‘ra, mayda to‘g‘ralgan ko‘kat qo‘shamiz. Ushbu sousni tayyor bo‘lgandan dasturxonga tortish mumkin, lekin 20-30 daqiqa sovutgichda tursa, ta’mi yanada boyiydi.

Yakuniy layfxaklar:

  • Sousni dasturxonga uzatishdan oldin tayyorlagan yaxshi – shunda ta’mi va hidi to‘liq saqlanadi.
  • Yangicha sous tayyorlab ko‘rishdan cho‘chimang: klassik retseptga o‘zingizga xos biror masalliq qo‘shib, o‘z uslubingizdagi sousga ega bo‘lasiz.
  • Agar sousda konservant bo‘lmasa, uni shisha idishda sovutgichda 2-3 kundan ko‘p saqlamang.
Кавказские соусы: рецепты и способы применения | Чудоблюдо

Souslar – bu oson tayyorlanadigan, mazali va har doim dolzarb taomga qo‘shimchadir. Doim iste’mol qilinadigan salat yoki go‘sht bo‘lagi uni kerakli sous bilan uzatsangiz, butunlay yangi ta’mga ega bo‘lishi mumkin. Bu retseptlarni har birini sinab ko‘ring va o‘zingizning sevimli ta’mlaringiz to‘plamini yarating!

Bu qiziq

Kinolarni bepul ko‘rish imkoniyati!
Kinolarni bepul ko‘rish imkoniyati!
Buyurtma qoldiring

Bizning menejerlarimiz yaqin orada siz bilan bog‘lanadi.

Rahmat, arizangiz qabul qilindi.