Dunyoning eng boy ayollari 2025: ulardan biri Bill Geytsni ortda qoldirdi


“Forbes” ma’lumotlariga ko‘ra, dunyoning eng boy ayollarining reytingini tuzdik, ularning daromadlari mashhur biznesmenlar va korporatsiyalar rahbarlarining boyligiga teng keladi. Xo‘sh, ular kimlar, qanday qilib milliardlarni ishlab topdi va bu yerda meros qanday rol o‘ynaydi?
Elis Volton – Walmart supermarketlar tarmog‘ining rahbari
2025-yilda boyligi: $110 milliard

Volton, amerikalik supermarket tarmog‘i Walmart asoschisi Sam Voltonning qizi sifatida mashhur. Ayol boylikni o‘zining otasidan meros qilib oldi. Ammo Elisni “tekinxo‘r” deb atash qiyin: uning biznes sezgisi nafaqat boylikni saqlab qolishga, balki uni oshirishga yordam berdi. U aksiyalarni ko‘chmas mulkka, san’at asarlariga sarmoya kiritdi va “Crystal Bridges Museum of American Art”ni ochdi. Shuningdek, uning Walmart’ni kengaytirish bo‘yicha innovatsion rejalari juda muvaffaqiyatli bo‘ldi. Qiziqarlisi shundaki, Elis Voltonning boyligi Bill Geytsdan ham ko‘proq.
Juliya Kox – biznes-ledi, filantrop (sahovatpesha) va “Koch Industries” kompaniyasining merosxo‘ri
2025-yildagi boyligi: $73,4 milliard

Juliya Koxni AQShning eng boy beva ayoli deb atashadi va bu haqiqat. U o‘zining boyligini “Koch Industries” kompaniyasining 42% aksiyasini meros qilib oldi. Do‘stlari doimiy xarid qilish, SPA salonda vaqtichog‘lik qilish va pulni behuda sarflashgan vaqtlarda, Kox investitsiyalarga e’tibor qaratdi va xayriya sohasiga qo‘shildi. U neft-kimyo sanoati, ekologiya va texnologiyalarni rivojlantirishga mablag‘ kiritdi va xayriya ishlari bilan shug‘ullana boshladi. Sog‘liqni saqlash sohasiga milliardlar bag‘ishlash? Oson!
Fransuaza Betankur-Mayers – tadbirkor va L’Oréal kompaniyasining merosxo‘ri
2025-yildagi boyligi: $90 milliard

Dunyoning eng yirik kosmetika brendi L’Oréal asoschisi Louis Betankurning nabirasi, Fransuaza ham o‘z boyligini onasidan meros qilib oldi. U kosmetika gigantining 33% aksiyasiga egalik qiladi. Ayol biznesda qolishga qaror qildi, lekin ekologik toza kosmetikani ishlab chiqarishga e’tibor qaratdi. Endi u innovatsion loyihalarga sarmoya kiritmoqda, ular qarish va kimyoviy moddalarizsiz kosmetik mahsulotlarni ishlab chiqarishga yo‘naltirilgan. Shuningdek, Fransuaza gumanitar loyihalarni qo‘llab-quvvatlaydi va falsafaga oid ilmiy ishlar yozadi.
Jaklin Mars – biznes-ledi, “Mars Incorporated” kompaniyasining rahbari
2025-yildagi boyligi: $38,5 milliard

Shokoladli batonchiklar va mushuklar uchun yem ishlab chiqaruvchi “Whiskas” kompaniyaning asoschisining nevarasi Jaklin Mars meros orqali boylikka ega bo‘ldi. U nafaqat o‘zining oilaviy biznesini, balki aksiyalarni ham meros qilib oldi. Jaklin yenglarini shimarib, hayvonlar uchun ozuqa ishlab chiqarishni rivojlantirdi, eksportni kengaytirdi va oziq-ovqat sanoatini rivojlantirishga sarmoya kiritdi. Hozirda “Mars Inc.” kompaniyasini oilaning kichik a’zolari boshqaradi, lekin Jaklin hali ham maslahat beruvchi sifatida faoliyat yuritadi.
Makkеnzi Skott – Jeff Bezosning sobiq rafiqasi va Amazonning sherigi
2025-yildagi boyligi: $35,6 milliard

Djeff Bezosning sobiq rafiqasi, Amazon’ni yaratgan shaxs, Makkеnzi, ajrashganidan keyin biznesning 4% aksiyasini o‘z nomiga oldi. Ammo bu faqat ommaviy axborot vositalarida shov-shuv bo‘lishi uchun emas, balki o‘zining rivojlanishi uchun qilingan qaror edi. Hozirda Skott – yirik investor, startaplar, ta’lim va texnologiya sohalariga sarmoya kirituvchi va xayriya ishlari bilan shug‘ullanuvchi kishidir. U xayriya va ijtimoiy loyihalarga ko‘plab millionlab dollarlarni ajratmoqda, lekin uning boyligi hali ham ortib bormoqda!