РУ
O’Z
UZS
/
/
Starlink uchun yana 20 ta sunʼiy yoʻldosh orbitaga uchirildi
19.11.2024

Starlink uchun yana 20 ta sunʼiy yoʻldosh orbitaga uchirildi

Starlink uchun yana 20 ta sunʼiy yoʻldosh orbitaga uchirildi

SpaceX kompaniyasining Falcon 9 raketa tashuvchisi global internet tarmogʻi uchun sunʼiy yoʻldoshlarni yana orbitaga muvaffaqiyatli olib chiqdi.

Falcon 9 raketa tashuvchisi Starlink internet qoplamasi tizimining global tarmogʻi uchun yana 20 ta sunʼiy yoʻldoshni orbitaga muvaffaqiyatli olib chiqdi.

“20 ta Starlink sunʼiy yoʻldoshi olib chiqilgani tasdiqlandi”, — deyiladi xabarda.

Raketa Kaliforniyadagi Vanderberg Kosmik kuchlari bazasida joylashgan SLC-4E start maydonchasidan uchirilgan. Taxminan bir soatdan keyin sunʼiy yoʻldoshlar tashuvchining ikkinchi pogʻonasidan ajralib, orbitaga chiqqan.

Uchirish doirasida tashuvchi raketaning koʻp martalik birinchi pogʻonasi Tinch okeanidagi Of Course I Still Love You dron-plartformasiga sakkizinchi marotaba vertikal qoʻnishni amalga oshirdi.

2019-yil maydan beri Starlink loyihasi doirasida SpaceX kompaniyasi 7,3 mingta shu kabi sunʼiy yoʻldoshni uchirdi. Ularning bir qismi ishdan chiqqan yoki orbitada yoʻnalishini oʻzgartirgan boʻlsa, 6,6 mingdan ziyod apparat esa hozirda soz holatda.

Avvalroq yuzdan ortiq koinot tadqiqotchilari AQSH federal hukumatiga murojaat qilib, SpaceX kompaniyasining minglab Starlink sunʼiy yoʻldoshlarini koinotga uchirishga ruxsat berishdan avval ekologik baholash oʻtkazishni talab qilgandi. Ilon Mask kompaniyasi allaqachon Federal Aloqa Komissiyasidan 12 mingga yaqin sunʼiy yoʻldosh uchirishga ruxsat olgan — bu hozir Yer orbitasida mavjud boshqa jismlarning umumiy sonidan ikki baravar koʻp.