08.06.2025
                                            
                    
                Tadbirkor terma jamoa darvozaboniga Toshkentdan xonadon sovg‘a qildi
 
                 
                            
                                                                Muallif
                        
                                                                                    Shohzamon Shuhratov
                                                                        O‘zbekistonlik tadbirkor Xurshid To‘rayev terma jamoa darvozaboni O‘tkir Yusupovga minnatdorchilik bildirib, Toshkentning qoq markazidan uch xonali keng xonadon sovg‘a qildi.
Bu uning BAA bilan murosasiz durangdan so‘ng jamoaning tarixiy yutug‘i - Jahon chempionatiga chiqishdagi rolini e’tirof etish edi.
Sovg‘a qilingan xonadon yashash uchun to‘liq tayyor: unda sifatli ta’mirlash ishlari amalga oshirilgan va barcha zarur mebellar mavjud, bu esa Yusupovga o‘zi uchun qulay bo‘lgan istalgan vaqtda ko‘chib kirish imkonini beradi.
 
             
         
         
         
     
         
         
         
         
         
         
         
         
         
         
        