РУ
O’Z
UZS
/
/
TikTok AQShda yana ishlay boshladi, Tramp esa ijtimoiy tarmoqni “saqlab qolish va himoya qilishni” xohlamoqda. Ammo uning bir sharti bor
20.01.2025

TikTok AQShda yana ishlay boshladi, Tramp esa ijtimoiy tarmoqni “saqlab qolish va himoya qilishni” xohlamoqda. Ammo uning bir sharti bor

TikTok AQShda yana ishlay boshladi, Tramp esa ijtimoiy tarmoqni “saqlab qolish va himoya qilishni” xohlamoqda. Ammo uning bir sharti bor

Mashhur ijtimoiy tarmoq mamlakatda rekord darajadagi 12 soat ishlamadi. Endi esa TikTok AQSh foydalanuvchilari uchun yana mavjud.

Eng mashhur video-xosting TikTok AQShda faoliyatini tikladi. OAVlarning qayd etishicha, ijtimoiy tarmoq aksariyat amerikaliklar uchun yana ishlayapti.

“Xush kelibsiz! Sabr qilganingiz va qo‘llab-quvvatlaganingiz uchun rahmat. Prezident Trampning sa’y-harakatlari tufayli TikTok qaytdi”, – ilovaga kirgan foydalanuvchilar shunday xabarni ko‘rishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, Donald Tramp o‘zining “Truth Social” ijtimoiy tarmog‘ida saylovchilarga shunday va’da bergan edi: 20-yanvar kuni inauguratsiyadan so‘ng darhol u farmon chiqarib, TikTok’ning bosh kompaniyasi ByteDance’ga o‘z aktivlariga xaridor topish uchun ko‘proq vaqt beradi.

“Rasmiy hujjatda TikTok’ni mening farmonimdan avval o‘chirib qo‘yilishining oldini olishga yordam bergan hech bir kompaniya javobgarlikka tortilmasligi yoziladi”, – deyiladi xabarda. Prezident, shuningdek, TikTok’ni “saqlab qolish va himoya qilish” imkonini berish uchun TikTok aksiyalarining 50 foizi amerikaliklarga tegishli bo‘lishi kerakligini ta’kidladi.

Трамп призвал приостановить действие угрожающего запретом TikTok закона |  Новости мира | Известия | 28.12.2024

TikTok video platformasi AQShda yanvar oyi o‘rtalarida faoliyatini to‘xtatgandi. Oldinroq Tramp TikTok’ni blokdan qutqarishni istayotganini bildirgan edi. Siyosatchi, shuningdek, Xitoy Xalq Respublikasi raisi Si Szinpin bilan telefon orqali xizmat faoliyati yuzasidan suhbatlashgan edi.

2024 yilda AQSh Oliy sudi TikTok Xitoy Kommunistik partiyasi yurisdiktsiyasiga bo‘ysunishi sababli mamlakat milliy xavfsizligiga tahdid solishini ma’lum qilgan edi.

Buyurtma qoldiring

Bizning menejerlarimiz yaqin orada siz bilan bog‘lanadi.

Rahmat, arizangiz qabul qilindi.