верхний лего
РУ
O’Z
UZS
/
/
Tarmoqda “Piyonista” filmida Jonni Depp ijrosidagi qahramonning ilk surati paydo boʻldi
15.04.2025

Tarmoqda “Piyonista” filmida Jonni Depp ijrosidagi qahramonning ilk surati paydo boʻldi

Tarmoqda “Piyonista” filmida Jonni Depp ijrosidagi qahramonning ilk surati paydo boʻldi

61 yoshli aktyor uchun bu Ember Xerd bilan ajrashgani sababli Gollivuddagi sud jarayonlari va “qoralanish”dan keyin koʻp yillik tanaffusdan soʻng birinchi yirik loyihadir.

Variety nashriyoti Jonni Depp bosh rolni ijro etadigan “Day Drinker” (“Piyonista”) filmining ilk kadrini eʼlon qildi.

Filmni “Yangi Oʻrgimchak odam” va “Yozning 500 kuni” filmlari bilan mashhur boʻlgan Mark Uebb suratga olgan. Film voqealari kruiz kemasida kechadi, bu yerda mast yoʻlovchi va barmen ayol jinoiy hodisaga aralashib qoladi.

Bosh rollarni Deppdan tashqari Penelopa Kruz va Medelin Klayn ijro etadi. Shuningdek, loyihada Manu Rios, Aron Payper, Xuan Diyego Botto va Anika Noyl ham qatnashmoqda. Film premyerasi 2026-yilga rejalashtirilgan.

Eslatib oʻtamiz, 2016-yilda Jonni Depp va Ember Xerd ajralishlarini eʼlon qilishgan edi. Keyinchalik aktrisa oilaviy zoʻravonlikni boshdan kechirganini aytib, ismlarni tilga olmagan boʻlsada, jamoatchilik buni darhol Depp bilan bogʻladi.

Shundan soʻng shov-shuvli janjallar, rollarni yoʻqotish va sud jarayoni boshlandi. Unda Depp tuhmat uchun tovon puli talab qildi, Xerd esa qarshi daʼvo kiritdi. 2022-yilda sud aktyorning foydasiga qaror chiqarib, ayblovlarni asossiz deb topdi.

Bu qiziq

"Aliekspress"da LEGO analoglari sotilmoqda
"Aliekspress"da LEGO analoglari sotilmoqda
Buyurtma qoldiring

Bizning menejerlarimiz yaqin orada siz bilan bog‘lanadi.

Rahmat, arizangiz qabul qilindi.